O'zbekiston yozda Urugvay bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
08 mar 2018 17:30
Yangiliklar
O'zbekiston yozda Urugvay bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Bundan tashqari, 15 may kuni Eron milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkaziladi. Mazkur terma jamoalar JCH-2018 ishtirokchilari bo'lib, mundial oldidan ular O'zbekiston MTJ bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishga rozilik berishgan.
O'zbekiston futbol Associaciyasi O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'rtoqlik o'yinlariga kuchli raqiblar topish bo'yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda. Muzokaralar natijasida O'zbekiston MTJ uchun yana bir kuchli sparring raqib topildi. SHu yilning 7 iyun kuni JCH-2018 ning yana bir ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Urugvay poytaxti Montevideo shahrida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Urugvay terma jamoasi JCH-2018da “A” guruhida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Misr bilan guruhdan chiqish uchun kurash olib boradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar