So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

O'zbekiston U-23 mezbonlarni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-23 mezbonlarni mag'lub etdi

U-23 Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol 14-daqiqada himoyachi Xojiabar Alijonov tomonidan urildi.

O'zbekiston 3-tur uchrashuvini 15 yanvar kuni Ummonga qarshi o'tkazadi. Bu bahs Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.


O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23 - 1:0

Gol: Xojiakbar Alijonov 14, - 1:0.

O'zbekiston U-23 -
1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Javohir Sidiqov (8.Jasur Yaxshiboev, 66), 16.Doniyorjon Narzullaev (22.Bobur Abdixoliqov, 90+2), 17.Dostonbek Hamdamov (15.Oybek Rustamov, 72), 20.Dostonbek Tursunov

Xitoy U-23 - 12.Zou Yuchen, 3.Li Ksiaoming, 5.Gao Zunyi, 6.Yao Junsheng (10.Tang SHi, 46), 7.Vei SHixao, 8.Xe CHao, 13.Li Xailong, 16.Li SHuai, 17.Yang Liyyu, 19.Liu Yiming, 22.Ba Dun (9.Jang Yuning, 76)

Ogohlantirishlar: Li SHuai 18, Rustamjon Ashurmatov 57, Abbosjon Otaxonov 68.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. Uchrashuv tugadi! O'zbekiston U-23 Xitoy ustidan g'alabaga erishdi! Barchani tabriklaymiz! 

90+2. O'zgarish. Doniyorjon Narzullaev o'rniga Bobur Abdixoliqov tushdi

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Botirali Ergashev Tang SHining zarbasini ushlab qoldi!

84. Xitoyliklar gol urish uchun katta kuch bilan oldinga o'tishmoqda.

76. O'zgarish. Ba Dun o'rniga Jang Yuning tushdi

74. Xavfli vaziyat!  Vakillarimizning hujumi o'yindan tashqari holat tufayli uzilib qoldi

72. O'zgarish. Dostonbek Hamdamov o'rniga Oybek Rustamov tushdi

68. Ogohlantirish. Abbosjon Otaxonov

65. O'zgarish. Javohir Sidiqov o'rniga Jasur Yaxshiboev tushdi

59. Javohir Sidiqov hozir oyog'ini ushlab yiqilib tushdi, shifokorlar unga yordam berishdi. Hammasi joyida Sidiqov qaytdi

57. Ogohlantirish. Rustamjon Ashurmatov

52. Zabihillo O'rinboev raqib bilan janjallashib qoldi, hakam mezbonlarga jarima to'pini tepishni aytdi

49. Vakillarimiz anchagina faol o'ynashmoqda. Jarima to'pini amalga oshirdik, to'pni darvozabon egallab oldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi


Birinchi taym statistikasi

45+2. Taym tugadi. Hozircha 1:0 hisobida oldindamiz

45+1. Birinchi taym oxirida Doston Tursunov raqib bilan to'qnashib ketdi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

43. ZARBAAAAAAAA! Botirali Ergashevdan ajoyib seyv! Hozir u jamoamizni goldan saqlab qoldi

40. Vakillarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi. Doston Tursunov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

37. Xitoyliklar hisobni tenglashtirish uchun ko'proq hujumga o'tishni boshladi.

32. Raqiblar gol urishdi, ammo gol urgan futbolchi Botirali Ergashevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun hakamlarni golni inobatga olishmadi. 

28. Zarba! Azizjon G'anievning zarbasi anchaaa noaniq ketdi

25. To'p bilan muomala qilishda O'zbekiston oldinga o'tib oldi 51:49

23. Javohir Sidiqov ikki futbolchidan o'tib ketib zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.

20. Xavfli vaziyat! Raqiblar burchak to'pini amalga oshirishdi. Darvozaga yo'llangan zarbani Narzullaev boshi bilan qaytarib yubordi. 

19. Dostonbek Hamdamov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakamlar penalti yo'q deyishdi

14. Jarima maydoni ichida Hamdamovning zarbasini himoyachi qaytardi, Alijonov esa qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi - 1:0. 

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XOJIAKBAR ALIJOOOOOOOOOOONOOOOOOOOOOOOV! 1:0

12. Dastlabki daqiqalarda Xitoy futbolchilari to'p bilan ko'p muomala qilishgandi, hozir vaziyat tenglashdi

10. Xavfli vaziyat! Doston Hamdamovning zarbasi to'g'ri darvozabonga bordi va posbon to'pni ushlab oldi.!

9. Doniyor Narzullaev o'ng tomondan hujumga o'tdi, uni himoyachi yiqitdi. Jarima to'pi

2. Bugun chap qanot himoyasida Xojiakbar Alijonov, o'ng qanotda Abbos Otaxonov o'ynaydi. Markaziy himoyada Ashurmatov va Tursunov harakat qiladi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Xitoy davlat madhiyasi

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi  

- Futbolchilar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 13:00da boshlanadi

Reyting: +104   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика