So’nggi yangiliklar

00:55Саудия Арабистони. Роналду фаолиятидаги 902-голини урган ўйинда "Ал Насср" йирик ғалаба қайд этди  2 00:37Гвардиола "Сити"нинг чемпионликдаги асосий рақибини айтди  0 00:15Роналду "Ал Насср"да юз фоизлик натижа қайд этмоқда  1 23:58Ўзбекистон U-16 термаси Францияга мағлуб бўлди  3 23:33Александр Хомяков: “Кетма-кет мағлубиятлар гирдобида қолгандик”  1 23:17Иван Бошкович: “Гол киритганимиздан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  0 23:10"Ливерпуль"нинг асосий футболчиси "Борнмут"га қарши ўйнамаслиги мумкин  0 22:50Илҳом Ҳамроев: "Мухлислардан узр сўраймиз"   9 22:42Хосе Венансио Лопес: "Ропиевнинг қизил карточкаси барчасини ўзгартириб юборди. Мен шартномамни шу ерда якунлайман ва катта эҳтимол билан бу менинг фаолиятимдаги сўнгги учрашув бўлди"  20 22:27Саудия Арабистони. "Ал Иттифоқ" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 22:15"Навбаҳор" - "Андижон" учрашуви бошланиш вақти маълум қилинди  15 21:56Александр Крестинин: "5та 100 фоизлик имкониятимиз бўлганди"  0 21:40Футзал. Ўзбекистон Коста-Рикага мағлуб бўлди ва ЖЧдаги иштирокини якунлади   259 21:26Сергей Лушчан: "Ўйинимиз "ноль". Ҳужумга деярли ўта олмадик"  5 21:25Суперлига. "Сўғдиёна" - "Андижон" 1:1, Дарвоза тўсини ва устуни Жиззахликларни мағлубиятдан қутқариб қолди  1

U-23 Osiyo kubogi. G'ALABA! O'zbekiston qiyin kechgan o'yinda Saudiya Arabistonini mag'lub etib, yarim finalga chiqdi! Olimpiadaga bir qadam qoldi Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi. G'ALABA! O'zbekiston qiyin kechgan o'yinda Saudiya Arabistonini mag'lub etib, yarim finalga chiqdi! Olimpiadaga bir qadam qoldi

U-23 Osiyo kubogi chorak final doirasidagi O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yini bo'lib o'tdi.

U-23 Osiyo kubogi
O'z
bekiston — Saudiya Arabistoni
26 aprel 2024 yil. Doha, "Xalifa" stadioni. 19:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ahmad Faysal Muhammad Alali (Iordaniya)
Qanot hakamlari: Ahmad Mansur Samara Muhsin (Iordaniya) va Yosir Sabeil Ahmad Al Murshidi (BAA)
Zaxira hakami: Yahyo Ali Muhammad Al Mulla (BAA)
Beshinchi hakam: Faysal Eyd Al SHammari (Qatar)
VAR: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
AVAR: SHen Yinxao (Xitoy)
Nazoratchi: Raja Raham Rashid Alhamaidah (Iroq).


O'zbekiston U-23 — Saudiya Arabistoni U-23 2:0

Gollar: Husayn Norchaev (45+2), Umarali Rahmonaliev (84).

O'zbekiston U-23: 1. Abduvohid Nematov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 10. Jasurbek Jaloliddinov (s), 14. Abbosbek Fayzullaev, 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchaev, 20. Ruslanbek Jiyanov, 23. Abdurauf Bo'riev.

Zaxira: 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Zafarmurod Abdirahmatov, 7. Hojimat Erkinov, 8. Ibrohim Ibragimov, 9. Ulug'bek Hoshimov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 12. Vladimir Nazarov, 15. Umarali Rahmonaliev, 16. Asadbek Rahimjonov, 21. Hamidullo Abdunabiev, 22. Alisher Odilov.

Saudiya Arabistoni U-23: 2. Muhammad Vahib Alshamat, 4. Rayan Muhammad Hamid, 6. Eid Almuvallad, 8. Faysal Al Gamdi (s), 9. Abdulloh Radif, 11. Ahmad Al Gamdi, 12. Zakaria Havsavi, 17. Xaytam Muhammad Asiri, 19. Meshal Ibyani Hayrulloh, 22. Muhammad Salim Alabsi, 23. Ayman Yahyo.

Zaxira: 1. Abdulrahmon Alsanbi, 3. Muhammad Sulaymon Bakor, 5. Jexad Tikri, 7. Ziyod Aljoxani, 13. Muhammad Al Dossari, 14. Avad Al Nashri, 15. Marvan Al Saxafi, 18. Abdulloh Said, 20. Salix Abu Alshamat, 21. Axmad Aljubaya.


Uzbekistan U23

AFC U23 Asian Cup Final Stage . Quarter Finals-tur

26/04/2024, 19:00

0
:
2
Tugadi

Saudi Arabia U23

45'
90'
 


O'YIN YAKUNLANDI. G'ALABA!

90+13. O'zbekiston raqib darvozasiga hujumlar yomg'irini uyushtirmoqda.

90+10. Erkinov! O'yinchimiz yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi.

90+8. Davronovning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.

90+7. Saudiyada o'zgarish: Abdulloh Said Zakaria Havsavini almashtirdi.

90+4. Erkinovga nisbatan ishlatgan qo'pol o'yini uchun Zakaria Havsaviga sariq kartochka ko'rsatildi. 

90. Hakam ikkinchi bo'limga 16 (!) daqiqa qo'shib berdi.

90. Ajoyib! Saudiya Arabistoni jarima maydonchasi ostonasida yaxshi standartga ega bo'lgandi. Hamyurtlarimiz bu vaziyatni ham zararsizlantirdi.

87. Ibrohimhalil Yo'ldoshev chiroyli harakatlar bilan uchinchi golni urmoqchi edi, ammo bu safar raqibni ayadi.



84. GOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL! Abdurauf Bo'riev uzoqdan kuchli zarba berdi. Darvozabon uning to'pini bir amallab qaytardi, ammo Rahmonaliev qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

81. Saudiya Arabistonida ikki o'zgarish: Eid Almuvallad, Abdulloh Radif va Muhammad Vahib Alshamatning o'rniga Ziyod Aljoxani, Marvan Al Saxafi va Salix Abu Alshamat tushdi.

79. Safimizda ikki o'zgarish: Rahmonaliev va Odilov Holmatov va Norchaevni almashtirdi.

77. Husayn Norchaev jarohat olgan holda erda yotibdi. Hujumchimiz shifokorlarning yordamidan so'ng o'rnidan turdi. 

73. Uhhh! Standart vaziyatdan uzatilgan to'pni darvoza to'ridan joy olishiga bir bahya qoldi. Fayzullaevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

70. Nihoyat! Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochkadan so'ng maydondan chiqib ketadi. Bugun futbol o'ynamagan bu o'yinchi ancha oldinroq maydonni tark etishi kerak edi! Hayr Ayman!

69. Navbatdagi sariq kartochka: Erkinov to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritishga shoshmagani uchun ogohlantirildi.

67. Safimizda yana bir o'zgarish: Jaloliddinov o'z o'rnini Erkinovga bo'shatib berdi.

66. Afsus! VAR Yahyoni maydondan chetlatish bo'yicha hakamni monitorga chorlamadi...

64. Bu safar o'z yovvoyiligini Ayman Yahyo namoyish etdi. O'rganib ham qoldik...

62. Saudiya Arabistoni murabbiylaridan biriga hakamga "aql o'rgatgani uuchun" haqli tarzda sariq kartochka ko'rsatildi.

61. Jamoamiz safida ilk o'zgarish: Ulug'bek Hoshimov Ruslanbek Jiyanovni almashtirdi.

58. Ha, Saudiya Arabistoni o'yinchilari o'ta xunuk o'yin namoyish etishmoqda. Jaloliddinov raqib o'yinchisi erda yotgani sabab to'pni tashqariga chiqarib yubordi, ammo saudiyalik o'yinchi kelib tirsagi bilan zarba bergan holda sardorimizni erga qulatdi.

55. Ruslanbek Jiyanov maydonda yotibdi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda. O'yinchimiz bahsni davom ettira oladi.

51. Darvozamiz oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni raqib o'yinchisi bosh bilan darvozaga yo'llashga urindi. Yaxshiyamki, himoyachimiz bu vaziyatda ildamroq harakat qildi.

47. Husayn Norchaevga maydonda shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda. Hujumchimiz o'yinni davom ettira oladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


BIRINCHI TAYM YAKUNLANDI

45+11. Uhhhhhh! Jiyanov jamoamizning ikkinchi golini urishga yaqin keldi. Afsuski, zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

45+6. Ayman Yahyo navbatdagi yovvoyi harakati uchun sariq kartochka oldi. Afsuski, bu vaziyatda asablarini jilovlay olmay holda raqibga dakki bergan Abduqodir Husanov ham ogohlantirildi.



45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!!! Husayn Norchaev o'z goli bilan raqibni tinchitib qo'ydi. Fayzullaevning uzatmasidan so'ng hujumchimiz darvozabonni aldab darvozani ishg'ol qildi. Gol esa do'ppi bilan nishonlandi. SHunchaki ajoyib!

45. Ko'plab vaziyatlar yuzaga kelgan birinchi bo'lim uchun hakam tomonidan 10 daqiqa qo'shib berildi.

42. Xavfli vaziyat! Jarima maydonchasi ichida Norchaevga to'p uzatilgan edi va u kurash paytida darvozabon bilan to'qnashib ketdi. Afsuski, penalti haqida gap-so'z bo'lishi mumkinmas, sababi hujumchimiz bu vaziyatda offsaydda qolib ketgan edi. 

41. Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilarining harakatlari umuman tushunarsiz. Bu safar Ayman Yahyo qo'pollik ishlatdi.

41. Saudiyaliklar standartdan zarba berib ko'rishdi. Noaniq va xavfsiz.

39. Ajoyib! Abdulloh Radifga sariq kartochka ko'rsatildi. U o'yin epizodidan so'ng yotgan holda Abdurauf Bo'rievning oyog'iga zarba bergandi.

38. Qayd etish kerakki, terma jamoamiz hali raqib darvozasi tomon zarba berishmadi. Raqiblar esa bir bor darvozamiz tomon to'p yo'lladi, ammo xavfsiz.

32. Saudiya Arabistoni bugun o'yinchilarimizning jarohatini xohlashmoqda shekilli... Bu safar Jasur Jaloliddinovga nisbatan o'ta qo'pol o'ynaldi. Ishqilib, sardorimiz jarohat olmagan bo'lsin...

30. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik biz tomonda — 56:44.

29. Jaloliddinov standart vaziyatdan so'ng to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, ammo raqiblar to'pni qaytarib yuborishdi.

24. VAR! O'zbekiston terma jamoasi jarima maydonchasi ichidagi holatdan so'ng ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi. Hayriyat, hammasi joyida.

20. Ortda qolgan yigirma daqiqadagi pauzalar sabab unchalik futbol ko'rolmadik va golli vaziyatlar ham sodir etilmadi.

16. Saudiyaliklar o'ta qo'pol futbol o'ynashmoqda. Bu safar Xaytam Muhammad Asiri hamyurtlarimizga qarshi juda qo'pol o'ynadi.

12. Fayzullaevga qarshi o'ta qo'pol o'ynagan Muhammad Vahib Alshamat hakam tomonidan haqli tarzda sariq kartochka bilan jazolandi.

9. Radifning jarohati jiddiy, u ko'rinishidan o'yinni davom ettira olmaydi.

6. Abdulloh Radifga shifokorlar maydonda yordam ko'rsatishmoqda. U to'qnashuvdan so'ng jarohat olganga o'xshaydi. 

5. Hozircha to'p asosan maydon markazida o'ynalmoqda, O'zbekiston o'z o'yinini o'tkazishga harakat qilyapti.

1. O'yinga start berildi!

— Navbat ikki davlat madhiyalariga!



— Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishmoqda.

— Birozdan so'ng U23 Osiyo kubogi chorak final doirasidagi O'zbekiston — Saudiya Arabistoni o'yini start oladi va bu o'yinni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +110   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика