So’nggi yangiliklar

11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1

Xose Venansio Lopes: "Ropievning qizil kartochkasi barchasini o'zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu erda yakunlayman va katta ehtimol bilan bu mening faoliyatimdagi so'nggi uchrashuv bo'ldi" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Ropievning qizil kartochkasi barchasini o'zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu erda yakunlayman va katta ehtimol bilan bu mening faoliyatimdagi so'nggi uchrashuv bo'ldi"

O'zbekiston futzal bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Jahon chempionati 3-turidan o'rin olgan Kosta-Rika - O'zbekiston (5:3) uchrashuvdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Birinchi bo'lim biz uchun yomon o'tdi, lekin ikkinchi bo'limda yuqori ishtiyoq tufayli yaxshi o'ynadik. Qizil kartochka barchasini o'zgartirib yubordi. O'yindagi eng muhim vaziyat shu edi.

- Jahon chempionatida bunday yomon ishtirok etganimizning sabablari nima edi? Biz qanday xatolarga yo'l qo'ydik.

- Birinchi o'yinda biz hisobni tenglashtira oldik va hisobdagi ortda borishimizga qaramay barchasini to'g'rilay oldik. Bugun esa 3:2 hisobida yutayotganimiz paytimizda Ropiev yo'l qo'ygan fol barchasini o'zgartirib yubordi. Biz o'sha pallada o'yinni boy berdik, raqib esa darhol hisobni tenglashtirdi. Biz esa o'sha zahoti barchasini boy berdik.

- Jahon chempionatidagi bunday yomon ishtirokimizning asosiy sabablaridan biri jarohatlar bo'ldi. Jarohatlar soni ko'payib ketganiga nima sabab bo'ldi?

- Jarohatlar bog'lamning uzilishi va suyak sinishi edi. Bu shunchaki omadsizlik va bizning omadimiz kelmadi. Bu normal holat emas, ammo biz bunday omadsizlikka uchradik. Ravshan barmog'ini sindirib oldi. Bu jarohatlarga mashg'ulotlar sabab bo'lmadi. Bunday jarohatlar qachon ro'y berishini nazorat qila olmaymiz, afsuski. Men butun o'zbek xalqidan va muxlislardan uzr so'rayman. Mening fikrimcha, biz mundialga juda katta etibor qaratib yubordik.

- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganingizga roppa-rosa bir yil bo'ldi. Terma jamoadagi kelajagingiz haqida gapirib o'tsangiz?

- Bu narsa muhim deb o'ylamayman, ammo men shartnomamni hozir yakunlayman.

- O'zbekiston futzali kelajagi haqida nimalar deya olasiz? Keyingi mundialga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz uchun nimalar qilishimiz kerak?

- O'zbekiston mehnat qilishda va rivojlanishda davom etishi kerak. Afsuski, men endi terma jamoa bilan birga bo'lmayman, ammo terma jamoaga maslahatlar berib turishim mumkin. Associaciyaga imkon qadar yordam berishga harakat qilaman. Katta ehtimol bilan bu mening faoliyatimdagi so'nggi uchrashuv edi.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi



Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика