Gvardiola "Siti"ning chempionlikdagi asosiy raqibini aytdi

Mirjalol Normatov
21 sen 2024, 00:37
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APl chempionligi uchun asosiy raqobatchi "Arsenal" bo'lishini aytdi.

"So'nggi yillarda o'yinlar bosimga boy o'tmoqda, chunki "Arsenal" ham biz ham yaxshi jamoa sifatida shakllandik. "Arsenal" ko'plab jihatlar - yuqori pressing, to'pni uzatishlarda anchagina balansga tushgan.

Aynan shu sababli ular so'nggi ikki mavsumda chempionlik uchun asosiy raqobatchimiz bo'lishdi. Mavsum endigina boshlandi. Shu sababli bu o'yin keyingilari uchun ham yaxshi kayfiyat berishi kerak. Maqsad - 5-turga keliboq farqni 5 ochkoga etkazish emas, balki yaxshi o'yin o'tkazishdir", - dedi "Siti" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal