So’nggi yangiliklar

21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  0 21:16Қатар – БАА. Жаҳон чемпионати йўлланмаси ўйналадиган учрашув учун таркиблар аниқ!   3 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  0 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  2 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  0 18:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан дурангга рози бўлди   17 18:54Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистон устидан ишончли ғалабага эришди  6 18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  3 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  26 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  11 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  2 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  10 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  8

Futzal. O'zbekiston Kosta-Rikaga mag'lub bo'ldi va JCHdagi ishtirokini yakunladi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston Kosta-Rikaga mag'lub bo'ldi va JCHdagi ishtirokini yakunladi

Futzal bo'yicha JCHning 3-turi doirasida o'tkaziladigan Kosta-Rika hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Vakillarimiz o'yinda 3:5 hisobida mag'lub bo'lishdi va musobaqadagi ishtirokni yakunlashdi. Futzalchilarimiz guruhda 1 ochko bilan so'nggi o'rinni egallashdi.

Jahon chempionati

3-tur, "A" guruhi

Kosta-Rika – O'zbekiston 5:3 

Gollar: Edvin Kubilo 4, Mashrab Odilov 14, Yosel Leon 20, Ilhom Hamroev 27, Samariddin Berkinov 30, Diego CHavvaria 32, Minor Sabaleta 33, Jean Salas 37.

Toshkent. "Humo Arena". 20:00

Kosta-Rika (dastlabki beshlik): 1.Sezar Rosales, 4.Diego CHavarria, 5.Jean Salas, 10.Edvin Kubilo, 11.Daniel Gomes.

Zaxira: 12.Denni Vaskes, 2.Gilbert Vindas, 3.Jeremi Gomes, 6.Viktor Fonseka, 7.Minor Sabalseta, 8.Yosel Leon, 9.Pablo Rodriges, 13.Luis Navarret, 14.Enmanuel Gamboa

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 11.Abror Ahmetzyanov.

Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Anasxon Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 10.Akbar Usmonov, 13.Mehroj Xudoyberdiev, 14.Samariddin Berkinov.

Ogohlantirishlar: Ilhom Hamroev 12, Ixtiyor Ropiev 23, 32, Akbar Usmonov 24, Edvin Kubilo 37.

CHetlatish: Ixtiyor Ropiev 32.


MATNLI TRANSLYACIYA

40.UCHRASHUV YAKUNLANDI! TAMOM!

37.Tay-aut oldik. Endi vaziyatni o'zgartirish qiyinov...

37.Edvin Kubiloga sariq kartochka.

37.GOL! Kosta-Rika vakili Jean Salas darvozamizni ishg'ol qildi 5:3! Endi tamom shekilli...

37.Futzalchilarimizda kutilmagan va qo'pol xatolar...

36.Maydonda 5 kishi bo'lib harakatlanyapmiz. 

34. Uchrashuvni kuzatish uchun 8025 nafar muxlis "Humo Arena"ga kelgani elon qilindi. 

33.GOL! Kosta-Rika oldinga chiqib oldi - 4:3... Minor Sabaleta gol urdi. 

32.GOL! O'tkazib yubordik. Diego CHavarria darvozamizni ishg'ol etdi - 3:3!

32.Ixtiyor Ropievda ikkinchi sariq kartochka. U qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi.

30.GOOOOOLLLLL!!!! Samariddin Berkinooovvvvv!!! To'p darvoza to'siniga tegib ichkariga kirgandi. Golni aniqlash uchun videotakror kerak bo'ldi. Barchasi joyida - 2:3! (Biz bu o'yinda nominal mehmonmiz)

28.Endi Nishonovning zarbasi qaytarildi! Futzalchilarimizdan dahshat bosim! SHunday o'yin kutgandik!

28.Hamroevdan yana zarba! Bu safar darvozabon qaytardi!

27.GOOOOLLLL!!! Ilhomjon Hamroev hisobni tenglashtirdi! 2:2!

25.Himoyada navbatdagi xato. Sal qolishiga sal qoldi... Yaxshi hamki raqib futbolchisi noaniq zarba berdi.

25.Akbar Usmonovning bergan zarbasi biroz noaniq...

24.Akbar Usmonov raqib darvozaboniga qarshi qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.  

23.Botirovdan biroz noaniq zarba...

23.Ixtiyor Ropiev o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka oldi. 

21.Taym jamoalardan ketma-ket hujumlar bilan boshlandi 


IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! TANAFFUS!


20.GOL! Yosel Leon darvozamizni ishg'ol etmoqda... Exxx - 2:1!

19.Nishonov ajoyib yurish qilgandi. Afsuski so'nggi pallada aniqlik etishmadi...

18.Endi bizning murabbiy taym-aut olishga qaror qildi.

17.Kosta-Rika vakillaridan xavfli zarba. Abbos Elmurodov o'z o'rinda!

15.Raqiblar taym-aut olishdi.

14.GOOOOLLLL!!! MASHRAAAB ODILOOOOOV!!!! Futbolchimiz raqib darvozasini ishg'ol etib, hisobni tenglashtirmoqda! 1:1!

13.Husniddin Nishonovning zarbasiga raqib himoyachisi to'g'anoq bo'ldi...

12.Ilhom Hamroevga sariq kartochka...

12.Ixtiyor Ropievning zarbasini raqib darvozaboni qiyinchilik bilan qaytarib qoldi!

9.Bu vaqtga kelib guruhimizdagi ikkinchi uchrashuvda Niderlandiya Paragvayni 2:0 hisobida mag'lub etmoqda. 

8.Kosta-Rika himoyaga "yotib oldi". Butun o'yin shunday bo'lmasligiga umid qilamiz...

6.O'tkazib yuborilgan goldan so'ng yigitlarimiz oldinga yana o'tishmoqda, lekin mehmonlar himoyada bexato harakat qilishmoqda. 

4.GOL! Kosta-Rika futbolchisi Edvin Kubilo darvozamizni ishg'ol qilmoqda...

2.Dastlabki daqiqalarda biznikilar bosim uyushtirishmoqda. Vakillarimizdan ketma-ket zarbalar va hujumlar! 

1.Ilhom Hamroevdan zarba!!! Raqib darvozaboni o'z o'rnida...

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Davlat madhiyalari yangradi.

- Terma jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futzal ishqibozlari. JCH doirasida Kosta-Rika va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan matnli translyaciyani boshlaymiz. 

Reyting: -48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика