OAV vakillari diqqatiga! FIFA Futzal JCH-2024 uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2024, 15:01
Joriy yilning 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari jahon futzalining eng yetakchi terma jamoalari yurtimizda jam bo'lishadi.

Futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati-2024 bahslari O'zbekistonda tashkil etiladi.

Mazkur jahon chempionatini faol yoritish istagida bo'lgan barcha turdagi OAV vakillari uchun akkreditatsiyadan o'tish jarayoni boshlanganini ma'lum qilamiz. Akkreditatsiya jarayoni 15 avgustga qadar davom etadi.

Buning uchun FIFA rasmiy saytining media bo'limi – media.fifa.com'da registraciyadan o'tish va kerakli OAV turini tanlash talab etiladi. Jahon chempionati uchun arizalarni tasdiqlash va akkreditatsiya taqdim etishni FIFA media bo'limi amalga oshiradi.

Ro'yxatdan o'tishni istagan OAV vakillari fifa.com rasmiy saytida o'ziga tegishli yo'nalish bo'yicha media yo'riqnomalar bilan tanishishlari lozim.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia