

Akkreditatsiya uchun ajratilgan muddat poyoniga yetib bormoqda.
Bugun kun mobaynida OAV vakillaridan arizalarni qabul qilish davom etadi. Shanba va yakshanba kunlari ro'yxatga kiritilgan jurnalist, fotomuxbir, bloger hamda tasvirchilar O'FFning "OAV xodimlarini akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi"ga binoan ko'rib chiqiladi va barcha talablarga javob beruvchi buyurtma egalariga yo'nalishiga mos ravishda akkreditatsiya kartalari rasmiylashtiriladi.
Joriy yilning 25 avgust kuni soat 14:00 poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasi anjumanlar zalida O'zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati ishtirokida 2025/2026-yilgi mavsum oldidan brifing o'tkaziladi. Ushbu matbuot anjumani yakunida OAV vakillariga O'FF Media va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash Departamenti tomonidan akkreditatsiya kartalari tarqatiladi.



