So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  5 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Aleksandr Krestinin: "5ta 100 foizlik imkoniyatimiz bo'lgandi" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "5ta 100 foizlik imkoniyatimiz bo'lgandi"

Superliganing 19-turi doirasida "Navbahor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o'z fikrlarini bildirdi.


O'yin haqida

- O'yinni hal qilish uchun etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq chetlatish o'yinning borishini tubdan o'zgartirib yubordi. Bahs ikkiga bo'lindi: chetlatishgacha va chetlatishdan keyingi o'yin. Barchasini taxlil qilib chiqamiz.

- Bugun raqiblar posboni Eldorbek Suyunov bir yarim yil deganda yashil maydonda ko'rinish berdi. Uning o'yiniga qanday baho bera olasiz? Bugun u jamoangizning bir qancha gollar urishiga yo'l qo'ymadi.

- Yana bir marta aytaman. Raqiblarga baho bera olmayman. Bugun bizda 5ta yuz foizlik imkoniyatlar bo'ldi va ularning birortasini golga aylantira olmadik. SHularning 4tasida to'pni darvozagacha etkaza olmadik. Darvozabon quruq o'yin o'tkazdi. 

- Demak, chetlatishdan keyin "Loko"ning o'yini salbiy tomonga ketdi. SHundaymi?

- Darvozabonimiz golgacha o'yinda ko'rinish bermadi. Faqatgina darvozasi oldidan to'pni o'yinga kiritib turdi. To'p ungacha etib bormayotgandi. Ikkinchi bo'limda esa raqib qizil kartochkadan keyin hujumga o'tishni boshladi. 

- O'yindan qanchalik norozisiz?

- Maksimal darajada. Biz juda katta ustunlik qilib, mag'lub bo'ldik. Vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.

- Qizil kartochkaga qanday baho berasiz?

- Hakamlarning ishini muhokama qilmayman. Albatta, futbolchilar doimo norozi bo'lishadi. Lekin qizil kartochka berildi. Barchasiga ko'nish kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика