So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  37 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

OCHL 2. "Nasaf" Kuvaytda nursiz durang qayd etdi, Abduvohid Nematov qahramon! Yangiliklar

OCHL 2. "Nasaf" Kuvaytda nursiz durang qayd etdi, Abduvohid Nematov qahramon!

Teglar :  "Kuvayt SK""Nasaf"
Osiyo chempionlar ligasi-2 turnirida "Nasaf" o'z yurishini boshlamoqda.

"Kuvayt SK" – "Nasaf" 0:0

"Jobir Al Ahmad" xalqaro stadioni, Kuvayt

18 sentyabr, 20:00

Bosh hakam: Muhammad Alshamrani (Saudiya Arabistoni)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Alrefayi, Omar Ali Aljamol (Saudiya Arabistoni)

Zaxira hakam: Klifford Daypuyat (Filippin)

Uchrashuv komissari: Volid Muhammad Tohir (BAA)

"Kuvayt SK": 33.Suod Alhushan, 2.Sami Alsenea, 3.Masheri Alenezi, 4.Redha Abujabara (9.Faysal Alharbi, 82), 11.Muhammad Abdulloh, 14.Ahmad Ismoil (8.Ahmad Aldhefiri, 69), 20.Yusuf Alsulaymon (27.Yassin Henessi, 46), 22.Amine Abulfath, 26.Muhammad Marhud (21.Alipur Dara, 82), 35.Arsene Zola Kiaku, 37. Yaxyo Jabrane.

Zaxira: 5.Fahad Alhajeri, 6.Yusuf Alhebezi, 10.Talal Alfadhel, 13.Fahad Alreshidi, 23.Muhammad Alrashidi, 40.Abdulrahmon Marzuq, 45.Sultan Alfaraj.

"Nasaf":  35.Abduvohid Nematov, 4.Dilshodjon Komilov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (6.Murodbek Rahmatov, 58), 10.Bobir Abdixoliqov (77.Oybek Bozorov, 58), 14.SHarof Muhiddinov, 19.Stefan CHolovich (21.Doniyorjon Narzullaev, 87), 23.Yuel Valentino, 28.SHuxrat Muhammadiev, 88.Marko Stanoevich (9.Javohir Sidiqov, 73).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 3.SHoxjahon Sultonmurodov,24.Sardorbek Bahromov, 

Ogohlantirish: Arsene Zola Kiaku (49).

Kuwait SC

AFC Champions League Two Grp. D . 1-tur

18/09/2024, 22:00

0
:
0
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Nasaf" turnirni durang bilan boshlamoqda.

90+5. Quvaytliklarda xavfli vaziyat yuzaga keldi. Jarimadan uzatilgan to'p darvozaga yo'llandi va noaniq zarba bo'ldi.

Qayd etish kerak, Bugungi o'yinni yuqori darajada o'tkazgan Abduvohid Nematov "Nasaf"da eng yuqori ball olgan futbolchi bo'lib turibdi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shildi.

85. UXXXXXX!!! Qanotdan uzatilgan to'pni Yassin Henessi "Nasaf" darvozasi tomon yo'lladi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

83. ABDUVOHIIIIDDDDD!! Yana superseyv! Bugun Abduvohidning kuni bo'lmoqda! Bu esa yomon signal(

81. Ehhhhh!!! CHolovich raqib jarima maydonchasi ichiga kirib, darvoza yaqiniga to'pni oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytardi.

77. ABDUVOHIIIIIIDDDD!! DAHSHAT SEYV! Jarimadan uzatilgan to'pni raqib futbolchisi Nematovning shundoqqina yonidan darvozasi tomon boshi bilan zarba yo'lladi. Supermuperseyv bo'ldi!

73. Jarohatlangan Marko Stanoevich o'rnini Javohir Sidiqov egallamoqda. Umuman olganda bir ijrochi o'rniga kuchga to'la ijrochi maydonga tushyapti.

71. "Nasaf" yana tezkor qarshi hujumga o'tdi. Yuelga atalgan so'nggi pas himoyachi taqibi ostida darvozabongacha etib bordi.

68. ABDUVOHIIIIDDDDDD!! Muhammad Marhudning zarbasini Nematov qiyinchilik bilan qaytardi. Mana nimaga u Superligada ikkinchi davrada gol o'tkazib yubormayapti.

66. ZARBAAAAAAA!! Yuelning to'p uzatishidan keyin o'tkir burchakdagi Rahmatov darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi. Posbon o'z o'rnida!

63. Quvaytliklar futbolchisi "Nasaf" posti tomon zarba yo'lladi. Nematov to'pni osonlikcha ushladi.

60. XAVFLI VAZIYATTTTT!! Yuel to'pga sakraganida balki bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilishi mumkin bo'lardi...

58. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish bo'ldi. Bozorov va Rahmatov o'yinga tashlandi.

55. UXXXXXXX!!! "Nasaf" hujum uyushtirib turgan paytda "Quvayt SK" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Yakuniy zarba Muhammad Abdullohga tegishli bo'ldi. Noaniq.

50. Mozgovoyning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

47. UXXXXX!! "Nasaf" himoyachisi Dilshodjon Komilov raqibini jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Bu vaziyatga hakam aralashmadi.

46. Ikkinchi bo'lim ham birinchisi kabi start oldi. Yani, mezbonlar yana noaniq zarba yo'llashdi. Bu safar zarba muallifi Muhammad Abdulloh bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS! Hozircha ikki tomon ham faol o'yin ko'rsatgani yo'q. Biroz zerikarli o'tgan taym yakunlandi.

45+1. UXXXXXX!! Jarimadan tepilgan to'pni Nematov birinchi urinishda ushlab ololmadi va yurakni biroz hovuchlatdi. To'pni egallab olib, tezkor qarshi hujum boshlamoqchi bo'lganida raqibi unga qarshi fol ishlatdi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

45. Endi "Quvayt SK"da jarima zarbasi.

44. "Nasaf" jarimadan foyda chiqara olmadi. To'p uzatilgan pallada hujumda fol qayd etildi.

43. Mozgovoyga qarshi fol ishlatildi va jarima zarbasi belgilandi.

38. "Quvayt SK" tezkor qarshi hujumga o'tdi Biroq raqiblar futbolchisi ochiqdan-ochiq penalti ishlashga harakat qildi. Bosh hakam vaziyatga etibor ham qilgani yo'q.

36. "Nasaf" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Muhiddinovning uzatmasini darvozabon ushlab oldi.

30. Quvaytliklarning o'ng qanotidan "Nasaf" darvozasi yoniga uzatilgan to'pni "Abduvohid Airways" o'z parvozi bilan to'pni urib yubordi.

26. Burchakdan to'p o'yinga kiritildi. Undan uzatilgan to'pni Dilshodjon Komilov raqibi darvozasi tomon yo'lladi. To'p tepadan o'tib ketdi.

25. ZARBAAAAAAA!!! CHolovichning zarbasini Alhushan qaytardi!

20. "Nasaf" hujumga o'tayotgandi. Lekin Zafarmurod hujumda Aleneziga qarshi fol ishlatdi va to'p mezbonlarga olib berildi.

17. ZARBAAAAAAAAAAAA!! Yusuf Alsulaymonning boshi bilan yo'llagan zarbasini Nematov katta qiyinchilik bilan qaytardi. Superseyv ko'rdik!

16. UXXXXXX!!! "Quvayt SK" hujumi xavfli ko'rinish oldi. Lekin zarba bera olishmadi mezbonlar.

13. ZARBAAAAAAAA!! Ahmad Ismoil qarshiliklar darvozasi tomon zarba yo'lladi. Bir oydan buyon gol o'tkazishni istamayotgan Abduvohid Nematov esa zarbani qaytarib yubordi.

11. UXXXXXXX!!! "Nasaf" yaxshi hujum uyushtirayotgandi. Yuel vaziyat nazoratini yo'qotdi va qanotda bo'sh turgan Muhiddinovni ko'rmadi. U "boshi berk ko'cha"ga kirib qolgan Bobirga to'pni oshirdi va natijada to'pni himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

9. Alenezi "Nasaf" jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi. Muhammadiev vaziyatni osonlik bilan bartaraf qilib berdi.

6. Stanoevich uzoq masofadan Suod Alhushan darvozasini nishonga oldi. Zarba noaniq ketdi.

Malumot uchun, ushbu jamoa yozda Turkiyada o'zimizning "Lokomotiv" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va unda 2:1 hisobida g'alabaga erishgan ekan. Eng qizig'i, o'shanda Dilshodjon Komilov "Loko" sardori sifatida maydonga tushgan)

1. Ilk soniyalardanoq mezbonlar hujumga o'tishdi. Muhammad Abdullohning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Bahs startiga oz vaqt qolmoqda. Jamoalar o'z tomonlarini tanlab olishdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Jobir Al Ahmad" stadioniga qaratamiz. "Nasaf" bugun ikkinchi darajali OCHLda o'z yurishini boshlamoqda

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика