O'zbekiston U-23. Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov o'z klublariga jo'nab ketishdi
30 apr 15:24
Yangiliklar
O'zbekiston U-23. Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov o'z klublariga jo'nab ketishdi
Kecha O'zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani 2:0 hisobida mag'lub etib, Olimpiadaga chiqdi.
Bugun himoyachimiz Abduqodir Husanov va yarim himoyachi Hojimat Erkinov o'z klublari ixtiyoriga jo'nab ketishdi. Ikkala futbolchining klubi bilan kelishuv shunday bo'lgan edi. Erkinov o'ynayotgan "Al Vahda" 3 may kuni BAA Ligasi kubogi finalida "Al Ayn"ga qarshi maydonga tushishi lozim. "Lans" esa 3 may kuni "Loryan"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Fikrlar