Hojimat Erkinov sobiq klubi hakamlarni sotib olishda ayblanib chempionatdan chetlashtirildi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025, 15:41
"Match TV" xabariga ko'ra, Moskvaning "Torpedo" jamoasi Rossiya Premer-ligasining 2025/26 yilgi mavsum qatnashchilari ro'yxatidan chiqarib yuborildi.

"Torpedo" 2024/25 yilgi mavsum Birinchi lidaga ikkinchi o'rinni egallagan va to'g'ridan-to'g'ri RPLga yo'l olgandi.

Avvalroq policiya "KAMAZ"ga qarshi Birinchi liganing 34-tur uchrashuvida "Torpedo" foydasiga qasddan xatoga yo'l qo'yganlikda gumonlanayotgan futbol hakami Bogdan Golovkoni qo'lga olgani ma'lum bo'lgan edi. 

O'shanda uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan va bu "Torpedo"ga to'g'ridan-to'g'ri RPLga chiqishi uchun etarli bo'lgan.

"Torpedo" egalaridan biri Leonid Sobolev va "oq-qoralar" direktori Valeriy Skorodumovni rasmiy sport musobaqasi natijasiga noqonuniy ta’sir ko'rsatishga uringanlikda ayblanib, 2 oyga qamoqqa olingan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi vingeri Hojimat Erkinov 2022/23 yilgi mavsum "Torpedo" sharafini himoya qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ