O'zbekiston MTJ a'zosi “Paxtakor“ga qaytishi mumkin

Khoja
2 iyul 2025
Yozgi transfer oynasida Hojimat Erkinov O'zbekistonga qaytishi mumkin.

Futbolchi “Paxtakor“ bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, futbolchi “Paxtakor“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hojimat o'tgan mavsum BAAning “Al Vahda“ jamoasida harakat qildi. Hujumkor futbolchi yakunlangan mavsumda BAA chempionatida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia