Rasman: Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025
Jamoa tarbiyalanuvchisi faoliyatini yana "sherlar" tarkibida davom ettiradi.

24 yoshli hujumkor yarim himoyachi "Paxtakor"da shu paytgacha 75 o'yinda 17 gol muallifiga aylangan. 

Klub tizimida tarbiyalangan Hojimat jamoa bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.  

Avvalroq "Paxtakor" Erkinovni ortga qaytargani haqida xabar bergan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати