So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  270 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

O'zbekiston U-19 terma jamoasi O'FF rahbariyati bilan uchrashdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 terma jamoasi O'FF rahbariyati bilan uchrashdi

Teglar :  O'zbekiston U-19
Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga jo'nab ketish oldidan O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasi anjumanlar zalida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda O'FF rahbariyati ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda, Bahraynda start oladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga jo'nab ketayotgan terma jamoa murabbiylari va futbolchilari so'z olib, terma jamoa turnirga tayyor ekanini takidlashdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov terma jamoa Osiyo chempionatiga yaxshi tayyorgarlanganini va turnirda jamoa yaxshi natija ko'rsatishidan umidvor ekanini aytdi: “So'nggi vaqtda biz terma jamoani etarli darajada shakllantira oldik. Ko'plab yig'inlar va turnirlarda ishtirok etdik va bu vaqt oralig'ida kerakli tajriba to'pladik. Bizning safimizdagi ko'plab futbolchilar Oliy Ligada o'rinbosarlar safida to'p surayotgan edilar. Bugunga kelib, ularning ko'pi asosiy tarkibda ham maydonga tushmoqdalar. Biz yig'inlarda yangi g'oya va taktikalarni sinab ko'rdik. Osiyo chempionatiga yaxshi niyat va maqsad bilan yo'l olmoqdamiz. Agar futbolchilar o'zlariga yuklatilgan vazifani to'liq bajara olsalar va o'z o'yinlarini ko'rsata olsalar, biz turnirda albatta, yaxshi natijaga erisha olamiz”, - deydi Jasur Abduraimov.

Yig'ilishda shuningdek, bir qator futbolchilar so'zga chiqib, ularga bildirilayotgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilishlarini aytib o'tishdi. O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi sardori Islom Qobilov futbolchilar turnirga ham psihologik, ham taktik jihatdan tayyor ekanini takidladi: “Turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Biz katta va ahil oilamiz. Murabbiylar ko'rsatamalarini bajara olishimiz kerak va shundagina yaxshi natijaga erisha olamiz. Psihologik va taktik jihatdan turnirga tayyormiz”, - dedi terma jamoa sardori.

Yig'ilishda, O'FF Birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev so'zga chiqib, O'zbekiston yoshlar terma jamoasini butun O'zbekiston ahli, muxlislar qo'llayotganini va ular yaxshi natijalar bilan yurtimizga qaytib kelishini tiladi. SHuningdek, yig'ilishda O'zbekiston Professional Ligasi Bosh Direktori Farxod Magametov, O'FF Terma jamoalar markazi Direktori Asqar Tolibjonov hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика