So’nggi yangiliklar

10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  1 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  1 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  4 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  4 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  11 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  1 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  2 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  7 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  4 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  5 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  1 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  1 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  8 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  2

O'zbekiston U-19 ikkinchi uchrashuvda Vengriya yoshlari bilan durang o'ynadi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 ikkinchi uchrashuvda Vengriya yoshlari bilan durang o'ynadi

Vengriyada yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi kecha Vengriya yoshlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi va 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlari 6 iyul kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Vengriyaga uchib ketgani haqida malumot bergan edik. Rejaga ko'ra, Budapeshtda 8 va 11 iyul kunlari Vengriya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazilishi kerak edi. 8 iyul, seshanba kuni har ikkala terma jamoa o'zaro ilk o'yinda maydonga tushishgan va unda 2:1 hisobida Ravshan Haydarov shogirdlari g'alaba qozongan edilar.

11 iyul kuni terma jamoalar o'zaro ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi va qiziqarli kechgan uchrashuvda 2:2 hisobida durang o'ynashdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining gollariga 4-daqiqada ilk uchrashuvda dubl qayd etgan Zabihillo O'rinboev va 71-daqiqada Asliddin Abdievlar mualliflik qilishdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari 12 iyul kuni Budapeshtdagi yig'inini yakunlab Toshkentga qaytib keladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionati final bosqichida ishtirok etadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
Vengriya, Budapesht. 11 iyul.
Vengriya U-19 - O'zbekiston U-19 2:2
Gollar:
Zabihillo O'rinboev (4), Asliddin Abdiev (71)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика