O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun Osiyo kubogidagi raqibi bilan o'ynaydi
26 jan 09:23
Yangiliklar


O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun Osiyo kubogidagi raqibi bilan o'ynaydi
Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistonida yig'in olib bormoqda.
Vakillarimiz bugun mazkur yig'in doirasida mezbon terma jamoa Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi. Malumot uchun, U-17 Osiyo kubogi 3-25 aprel kunlari ushbu mamlakatda bo'lib o'tadi. Unga ko'ra, vakillarimiz "A" guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va Tailand bilan kuch sinashadi. Jahon chempionatiga 8 ta jamoa yo'llanmani qo'lga kiritadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar