O'zbekiston U-16 terma jamoasi yig'inni yakunladi
03 mar 2020 12:27
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 terma jamoasi yig'inni yakunladi
Xabaringiz bor, endilikda O'zbekiston U-16 terma jamoasiga Olim SHokirov bosh murabbiylik qilmoqda.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 20 fevral – 2 mart kunlari poytaxtimizda yig'in tashkil etdi. Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida 4 ta nazorat o'yini o'tkazildi. So'nggi o'yin “Paxtakor-2002” bilan o'tkazildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahsda hisob ochilmadi – 0:0.
Mazkur o'yin bilan yig'inga yakun yasaldi.
O'zbekiston U-16 – “Paxtakor-2002” 0:0
O'zbekiston U-16: Husan Mahmudov, Abduqodir Husanov, Mirkamol Abdurazzoqov, Sunnatila Poyonov, Kirill Todorov, Asad Qaxxorjonov, Alisher Xayrullaev, Rian Islomov, Muhammadali Usmonov, SHahzod Akramov, Sardor Xojiboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Beknur Parmonov, Po'lat Jumaxonov, Muhriddin Pazildinov, Asad Beglarxonov, Rustam Turdimurodov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar