So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  14

O'zbekiston U-16 - Tailand U-16 - 5:3 Yangiliklar

O'zbekiston U-16 - Tailand U-16 - 5:3

O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston U-16 - Tailand U-16 uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.


O'zbekiston U-16 - Tailand U-16 - 5:3

Gollar: Jinnavat 2, - 0:1. Abubakir Mo'ydinov 23 penalti, - 1:1. Rasul Yo'ldoshev 45+2 penalti, - 2:1. Vudtichai 56, - 3:1. Arnon 57, - 3:2. Mardon Abdullaev 81, - 4:2. Rasul Yo'ldoshev 87, - 5:2. Arnon 90, - 5:3

Amalga oshirilmagan penalti: Songvut 52 (darvozabon)

O'zbekiston U-16: 21.Abduvohid Nematov, 17.Abubakir Mo'ydinov, 4.Ixtiyor Xoldorov, 19.Islom Karimov (5.Muhammadali Nomozov, 62), 6.Mardor Abdullaev, 7.Oston O'runov, 8.G'ayrat Azizxo'jaev (18.SHuhrat Nematov, 54), 10.Rasul Yo'ldoshev, 9.Bahrom Soatov, 11.Asadbek Sobirjonov, 15.Doniyor Abdumannopov (23.Burxon Hasanov, 69).
Zaxira: 1.Xojiakbar Jo'raev, 2.Nursulton Kuyliboev, 3.SHoxzamon Xayrullaev, 12.Jasurbek Umrzoqov, 14.Ibrohim G'anixonov, 16.Humoyun Abdusattorov, 20.Abdulhay Ismoilov, 22.Abdug'ani Kamolov, .

Tailand U-16: 1.Vuttxipong, 2.Saravut (16.Somsak, 28), 4.Songvut, 5.Vudtichai, 7.Pongravit (9.Arnon, 46), 10.Xassavat, 12.Nititorn, 13.Jinnavat, 17.Pirapat, 20.Pichitpon, 21.Rachata (14.Pattxadon, 72).
Zaxira: 18.Sattavat, 22.CHanchol, 6.Tananat, 8.Pratxomporn, 11.Piranat, 15.Nattxapon.




                      MATNLI TRANSLYACIYA

                                 YANGILASH


90. GOL. Arnon o'yinga nuqta qo'ydi - 5:3

87. Raqib burchak to'pini amalga oshirdi, qarshi hujumda Rasul Yo'ldoshev tailandliklar darvozasiga gol urib dublga erishdi - 5:2.

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RASUL YO'LDOSHEV 5:2 

83. Mardon Abdullaev jarohat oldi shekilli, unga shifokorlar yordam berishdi.

81. Mardon o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va o'tkir burchakdan darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi.

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARDON ABDULLAEV! 4:2!

79. Tailandliklar hisobni tenglashtirishga harakat qilishmoqda. Vakillarimiz esa qarshi hujumdan foydalanishga urinishmoqda

76. ZARBA! Burxon Hasanov jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi. Burchak to'pidan so'ng himoyachi to'pni qaytarib yubordi.

72. O'zgarish. Tailand. Rachata o'rniga Pattxadon tushdi

70. ZARBA! SHuhrat Nematov jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, noaniq!

69. O'zgarish. O'zbekiston. Doniyor Abdumannopov o'rniga Burxon Hasanov tushdi

65. QANDAY QILIB! Abdumannopov bir metrdan darvozaga to'pni kirita olmadi. To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!

63. O'zgarish. O'zbekiston. Islom Karimov o'rniga Muhammadali Nomozov tushdi

60. Tailand katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. Himoyada yaxshiroq o'ynashimiz kerak

57. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Arnon hisobni qisqartirdi - 3:2.

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Asadbek Sobirjonovning jarima to'pidan yo'llagan zarbasini raqib himoyachisi o'z darvozasiga to'g'rilab qo'ydi - 3:1.

54. O'zgarish. O'zbekiston. G'ayrat Azizxo'jaev o'rniga SHuhrat Nematov tushdi

52. QOYIL! NE'MATOV TO'PNI QAYTARDI! Songvut darvozabonimizni alday olmadi!

51. Penalti! Abduvohid Nematov raqibni o'z jarima maydoni ichida yiqitgani uchun peanlti belgilandi.

50. Tailandda jarima to'pi tepish imkoniyati. Zarba himoyachimizga tegib qaytdi

46. ZARBAAAAA! Asadbek Sobirjonov jarima maydoniga yorib kirdi, ammo kuchli zarba bera olmadi!

46. O'zgarish. Tailand. Pongravit o'rniga Arnon tushdi


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha O'zbekiston 2:1 hisobida oldinda bormoqda. Tanaffus

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rasul Yo'ldoshev 2:1

45+1. PENALTI! Nititorn hujumchimizni jarima maydonida yiqitdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi

42. Vakillarimiz o'yinda to'liq ustunlik qilishmoqda. Ammo vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz

38. Burchak to'pidan so'ng Mo'ydinov zarba berdi, noaniq

38. ZARBA! Asadbek Sobirjonovning kuchli zarbasini darvozabon to'pni qaytardi.

37. Abubakir Mo'ydinov jarima maydoni yonida jarima to'pi ishlab oldi

33. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Oston O'runovdan ajoyib pas, lekin Mardon Abdullaev birga bir vaziyatdan to'pni noaniq yo'lladi!

30. O'yinning yarim soati ortda qoldi, hozircha hisob teng.

29. Oston O'runov! Jarima maydoniga yaqinlashib kuchli zarba berdi, noaniq!

27. O'zgarish. Tailand. Saravut o'rniga Somsak tushdi

24. XAVFLI VAZIYAT! Bu safar Abdumannopov zarba bera olmadi!

23. Himoyachimiz 11 metrli jarima to'pini sovuqqonlik bilan amalga oshirdi va hisob tenglashdi. 

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ABUBAKIR MO'YDINOV! 1:1.

22. PENALTI! Abdumannopov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi, raqib himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynadi!

21. O'ng qanotdan o'smirlarimiz hujum tashkil qilishdi. Biroq jarima maydoniga uzatilgan to'pga biznikilar ulgurishmadi.

18. Tailand o'smirlari asosan himoyalanishmoqda. Imkon bo'ldi deguncha qarshi hujumga o'tishmoqda.

15. Burchak to'pidan so'ng hujmchimiz darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynagan ekan.

14. Vakillarimiz jarima to'piga ega bo'lishdi. Darvozagacha taxminan 25 metr bor. Oston O'runovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. 

10. Oston O'runov maydon markazida raqibni qo'pollik bilan to'xtatdi.

8. Asosan uzun paslar bilan o'ynashmoqda vakillarimiz

6. Sobirjonov burchak to'pini amalga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi. O'smirlarimiz hujumga o'tishmoqda.

4. Tezkor gol vakillarimizni qanday ahvolga solib qo'yar ekan ko'ramiz.                          

2. GOL! Jinnavat birga bir vaziyatdan unumli foydalandi - 0:1. Bu vaziyatda maydon markazida himoyachimiz kutilmaganda yiqilib tushgandi...

1. O'YIN BOSHLANDI


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика