O'zbekiston Superkubogi Toshkentga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2022, 15:22
O'zbekiston Superkubogi g'olibi uchun ishlangan maxsus sovrin poytaxt Toshkentga yetib keldi.

Endilikda erkaklar va ayollar o'rtasidagi Superkubok uchrashuvi g'oliblari mana shunday kuboklarni o'ziniki qilib oladi.

Izoh. Har ikki kubokda faqatgina 1 ta farq mavjud. Erkaklar Superkubogining pastki qismi kumush rangda, ayollar Superkubogida esa bu joy oltin rangida ishlangan.

26-27 fevral kunlari Qo'qon va Yaypan shaharlarida futbol muxlislari uchun mazkur kubok bilan suratga tushish imkoniyati taqdim etiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz