"Inter" "Lans" yarim himoyachisini sotib oldi

Khoja
23 avg 2025, 07:58
"Inter" navbatdagi transferni e'lon qildi.

Milan jamoasi "Lans" yarim himoyachisi Andi Diufni sotib oldi. Ushbu transfer Italiya klubiga 25 million evroga tushdi. 22 yoshli futbolchining o'zi bilan esa 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Diuf "Lans"da 2023 yildan beri harakat qilib keladi. U o'tgan mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com