Neymar yana Messi bilan bir jamoada to'p tepishi mumkin

9 avg 2026, 09:15
"Santos"ning braziliyalik hujumchisi Neymar 2027 yilning yanvar oyida "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi "LIBERTA DEPRE" X ijtimoiy tarmog'ida Felipe Meloga tayanib.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Neymarning 2027 yil yanvaridan e'tiboran "Inter Mayami"da to'p surishining real ehtimoli mavjud. Tarkibida allaqachon Lionel Messi, Kazemiro va Luis Suares o'ynayotgan Amerika klubi "Santos"ning 10-raqamli o'yinchisi uchun faoliyatini davom ettiradigan eng ehtimoliy joy hisoblanadi.

Manbaga ko'ra, aynan "Inter Mayami" Neymar o'z professional faoliyatini yakunlaydigan klubga aylanishi mumkin.

Avvalroq Neymar Messi bilan birgalikda "Barselona" va PSJda to'p surgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: LIBERTA DEPRE