Rasman: Ilhom Mo'minjonov “Metallurg”dan ketdi

admin
11 avg 2026, 11:53
Bekobodning “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov iste'fo berishga qaror qildi.

“Sir emaski, mavsum startidan avval jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan edi. Biroq birinchi davra davomida bir nechta o'yinlarda alamli tarzda ochkolarni qo'ldan chiqargan “Metallurg” yetakchilar qatoridan tushib, jadvalda bir nechta pog'ona pastlab ketdi.

Kuni kecha chempionatning 14-turi doirasida jamoamiz Bekobodda Farg'onaning “Yaypan” klubini qabul qildi va hisobda oldinga borayotganiga qaramay, g'alaba va qimmatli ochkolarni qo'ldan boy berdi.

O'yindan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov rahbariyatdan iste'fo so'radi. Yuzaga kelgan vaziyat, murabbiyning so'rovi va barcha detallarni inobatga olgan holda klub rahbariyati murabbiy arizasini qabul qildi”, – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ma'lumot uchun, Ilhom Mo'minjonov qo'l ostida chempionat doirasida 14 ta uchrashuv o'tkazgan “Metallurg” 6 bor g'alaba qozondi va 4 tadan durang hamda mag'lubiyat qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати