"Manchester Siti"ni yana bir himoyachisi tark etishi mumkin
23 avg 2025 07:30
Yangiliklar
"Manchester Siti"ni yana bir himoyachisi tark etishi mumkin
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
Niderlandiyalik himoyachiga "Everton" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati futbolchining agentlari bilan dastlabki muzokaralarni olib borishgan.
Futbolchining transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.
30 yoshli himoyachi "Manchester Siti"da 2020 yildan beri faoliyat olib boradi. U "shaharliklar" safida jami 145 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va yana 3 ta golga assistlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar