So’nggi yangiliklar

02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  0 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  1 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  2 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  2 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  3 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:31Бундеслига старт олмоқда! Мавсумнинг очилиш ўйини учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 22:30Ким сизга ўзбек футболи савияси ўсяпти деб айтса, ишонманг  29 22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  6 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  4 21:37Суперлига. "Металлург" - "Динамо" 0:1  1 21:13"Барселона" жамоа сардорларини маълум қилди  7

O'zbekiston OTJ yangi bosh murabbiyi: "Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorlanish uchun ikki oy etarli" Yangiliklar

O'zbekiston OTJ yangi bosh murabbiyi: "Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorlanish uchun ikki oy etarli"

Xabar berib o'tganimizdek, bir necha kun oldin O'zbekiston Olimpiya terma jamoasiga serbiyalik Lyubinko Drulovich bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bugun, 25 yanvar kuni Milliy olimpiya qo'mitasida Drulovich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Olimpiya terma jamoamizning yangi murabbiyi OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

«Avvalambor barchaga salom. Bu erda ekanligimdan xursandligimni aytib o'tmoqchiman. Bir oy oldin bu erga kelib O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi haqidagi loyiha bilan tanishib chiqqandim. Ushbu loyiha menda juda yaxshi taassurot qoldirgandi. SHu sababdan ham men shartnoma imzoladim. Umid qilamanki, biz o'z maqsadimizga etamiz», – deb so'z boshladi murabbiy.

SHundan so'ng jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murabbiyga murojaat qilishdi.

Terma jamoamiz haqidagi fikri

SHuni takidlashim lozimki, yoshlar o'rtasida o'tkazilgan so'nggi Osiyo chempionatida O'zbekiston juda yaxshi harakat qildi va chempionlikka erishdi. Bu albatta osonlik bilan qo'lga kiritilmaganini bilaman. Yangi shakllantiradigan Olimpiya terma jamoamizda o'tgan yilgi tarkibdan uzog'i bilan 7-8 nafar futbolchi o'ynashi mumkin. Bu esa biz hali ko'p ishlashimiz lozimligini bildiradi. Umid qilamanki, yangi terma jamoani shakllantirishda ortiqcha muammolarga duch kelmaymiz.



Osiyo chempionatining saralashi haqida

Oldimizda ikki oy vaqt bor. Birinchi galdagi vazifamiz saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazishdir. Uchrashuvlar O'zbekistonda bo'ladi va biz ushbu bahslarda g'alaba qozonib, Osiyo chempionatining finaliga yo'l olishimiz talab etiladi. Nasib etsa, bu vazifani albatta uddalay olamiz.

Murabbiylar shtabi

Murabbiylar shtabi haqida gapiradigan bo'lsam, bu borada menga ikki nafar serbiyalik mutaxassis yordam beradi. SHuningdek, Ravshan Haydarov ham terma jamoamizda faoliyat olib boradi. Serbiyalik yordamchilarim rus tilida muloqot qila olishadi. Bu ishimizda katta ahamiyatga ega – bir-birimizni tushunishimizda, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda bu yordam beradi. Ravshan Haydarov bilan esa 1 oy oldin Toshkentga kelganimda suhbatlashgandim. U Olimpiya terma jamoasi uchun nomzod futbolchilarni yaxshi taniydi. SHu sababdan ham u jamoamiz uchun yordam bera oladi deb hisoblayman.



Saralash o'yinlarigacha ulguramizmi?

Terma jamoani Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorlash uchun ikki oy etarli deb o'ylayman. Fevralda Toshkentda yig'ilamiz. Keyin esa Ispaniyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qatnashamiz. Mazkur yig'inda o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazamiz.

Saralash bosqichidagi raqiblar haqida

Qita chempionatining saralash bahslarida bizga qarshi maydonga tushadigan raqiblarimiz haqida ayrim malumotlar bor. SHuni qayd etishim lozimki, bizda yaxshi murabbiylar shtabi shakllantirilmoqda. Biz birgalikda raqiblarimiz haqida yanada ko'proq malumot to'playmiz va o'rganib chiqamiz.



Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика