O'zbekiston OTJ BAA bilan durang o'ynadi
04 sen 2015 11:05
Yangiliklar


O'zbekiston OTJ BAA bilan durang o'ynadi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kecha Slovakiyadagi yig'indan o'rin olgan uchinchi o'yinni o'tkazdi.
30 avgust kuni BAA olimpiyachilariga qarshi o'yin o'tkazgan O'zbekiston
olimpiya terma jamoasi Bobur Yuldashev tomonidan urilgan gol evaziga g'alaba
qozongan edi. So'ngra Dilshod Nuraliev boshchiligidagi terma jamoa Saudiya
Arabistoni olimpiya termasiga 1:3
hisobida yutqazib qo'ydi. Bizning yagona golimizni Zabihillo O'rinboev urgandi.
Aslida Iordaniyaga qarshi o'yin o'tkazishimiz kerak edi, biroq bu jamoa Slovakiyaga tashrif buyurmagani tufayli yana BAA olimpiyachilari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Bu safargi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. O'zbekiston safida Timur Hakimov gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar