O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Ozarbayjon U-17 bilan durang o'ynadi
27 iyu 2022 16:28
Yangiliklar


O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Ozarbayjon U-17 bilan durang o'ynadi
Ozarbayjonning Gabala shahrida yig'in o'tkazayotgan o'smirlar terma jamoamiz ilk o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda Jamoliddin Ubaydullaev shogirdlari murosa ko'chasini tanladi. 2:2 hisobi qayd etilgan uchrashuvda terma jamoamizdan gollarga SHerzod Abdulboriev va Nikolas Akopov mualliflik qildi.
Ushbu jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 29 iyul kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar