"O'zbekiston - Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. SHri-Lanka termasi futbolchilari bilan inqiroz, mamlakatdagi futbol darajasi va O'zbekiston termasiga qarshi o'yin haqida
07 iyu 2022 14:03
Yangiliklar
"O'zbekiston - Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. SHri-Lanka termasi futbolchilari bilan inqiroz, mamlakatdagi futbol darajasi va O'zbekiston termasiga qarshi o'yin haqida
O'zbekiston termasi ertaga Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi o'yinlarini boshlaydi. Terma jamoamiz saralash guruhidan Tailand, SHri-Lanka va Maldiv orollari joy olgan — ochig'ini aytganda, raqiblar unchalik mashhur emas. SHu sababli, "Championat.Asia" O'zbekiston termasi raqiblari haqida qator materiallar tayyorladi.
Ishni ekzotik mamlakat hisoblangan SHri-Lankadan boshlashga qaror qildik. Rossiyalik jurnalist Nikolay Egorichev "Championat.Asia" uchun maxsus SHri-Lankaning ikki futbolchisi Sujan Perera va Vasim Razik bilan suhbatlashdi.
— O'zingiz haqingizda biroz gapirib bersangiz. Qaerda va qaysi poziciyada o'ynaysiz?
Sujan Perera: Men mahalliy "TS Sports" klubi darvozaboni va SHri-Lanka termasi darvozaboni hamda sardoriman.
Vasim Razik: Men Germaniyada tug'ilganman. Ayni damda Hindistonning "Gokulam" klubi sharafini himoya qilyapman. Poziciyam markaziy hujumchi bo'lsa-da, hujum qanotida ham o'ynay olaman.
Sujan Perera
— Mamlakatingizda futbol qay darajada rivojlangan?
Sujan: Biz shakllanishning eng boshidamiz va futbol mamlakatiga aylanishga harakat qilyapmiz.
Vasim: Vatanimizda futbol unchalik ham mashhur emas, lekin yildan-yilga qiziqish ortib bormoqda.
— Mahalliy aholi chempionat o'yinlarini tomosha qilishga boradimi?
Sujan: SHri-Lankada futbol havaskorlari ko'p. Ayni damda infratuzilma yaxshi rivojlanmagan, biroq chempionat bahslarini ko'rish uchun etarlicha odam keladi.
Vasim: SHri-Lankada futbol chempionati tashkil topganiga ko'p bo'lmadi. Deyarli har klubning o'z muxlislari bor. SHri-Lanka Superligasi paydo bo'lgani tufayli endi yaxshi futbolchilar etishib chiqadi deb umid qilaman.
— Terma jamoa o'yinlarini ham kuzatishadimi?
Sujan: Ha, doim katta ajiotaj bo'ladi.
Vasim: SHri-Lanka aholisining aynan termaga bo'lgan qiziqishi juda katta. Oxirgi, Seyshel orollariga qarshi uchrashuvga 10 mingdan ortiq muxlis kelgan — bu biz uchun juda ko'p. Aytgancha, o'sha bahsga FIFA prezidenti Janni Infantino ham kelgandi.
— Sizda futboldan ham mashhurroq sport turi bormi?
Sujan: Kriket futboldan ko'ra mashhur, lekin biz vatanimizda yaxshi futbol madaniyatini shakllantirishga harakat qilyapmiz.
Vasim: Albatta, SHri-Lankada asosiy sport turi kriket hisoblanadi. Bizning jamoalarimiz xalqaro miqyosda yaxshi natijalarga erishmoqda. Kriket muxlislari ko'proq, o'yinchilarning maoshi ham yuqori.
Sujan Perera
— Maydon va mashg'ulot bazasining ahvoli qanday?
Sujan: Futbol obektlari unchalik yaxshi darajada emas. Bu borada hali ancha rivojlanishimiz lozim.
Vasim: FIFA prezidenti va bizning federaciyamiz prezidenti mamlakatimizda tez orada yangi futbol maydonlari hamda terma o'ynashi uchun zamonaviy stadion bo'lishini vada qilmoqda.
— Professional futbolchilar qancha? Futbolni doimiy ishi bilan birlashtirganlar ham bormi?
Sujan: Professional darajada o'ynaydiganlar juda kam. Deyarli hammasining boshqa ishi, daromad manbai bor. Biroq buning asosiy sababi — futbol bo'yicha SHri-Lanka chempionati yaqinda tashkil topganidir. Futbolchilar yaxshi maosh olishi uchun Superliga hali etarli darajada yaxshi emas.
Vasim: Men ham professional darajada futbol o'ynaydiganlar qatoridaman deb faxrlanib ayta olaman. Berlinda tug'ilganman va o'sha erda futbol bo'yicha talim olganman. 16 yoshgacha Antonio Ryudiger bilan bir jamoada to'p tepganman — keyin u Dortmund "Borussiya"si akademiyasiga o'tib ketgan.
— Mamlakatingiz pandemiya davrini qanday o'tkazdi? CHempionat formati va bugungi kundagi ahvol?
Sujan: Juda qiyin kechdi — mamlakatni kovidning uch to'lqini qamrab oldi. Hamma joy yopildi, biz deyarli o'ynamadik va shug'ullanmadik. Hozir vaziyat ancha yaxshi. Menimcha, aholining 90%i emlandi. Ayni damda SHri-Lankada pandemiya qo'rquvi yo'q.
Vasim: SHri-Lanka futbol termasi mamlakatda o'ynashi va mashg'ulot o'tkazishi mumkin bo'lgan yagona jamoa edi. Bizga maxsus ruxsatnoma berildi, bu uchun futbol federaciyasi prezidentiga katta rahmat.
— SHri-Lankada O'zbekiston haqida bilishadimi? Balki bazi o'yinchilar va jamoalarni bilarsiz?
Sujan: Ha, bilishadi. Biz O'zbekiston termasining ko'plab o'yinlarini tomosha qilganmiz.
Vasim: SHaxsan men ko'plab futbolchilarni taniyman. 2011 yil 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ularning o'yinini ko'rganman — o'shanda Germaniya termasi safida edim. SHuningdek, Eldor SHomurodov va "Roma"ning ashaddiy muxlisiman. U Italiyada ancha o'sdi. Eldor bu intervyuni o'qiydi va menga "Roma" futbolkasini sovg'a qiladi deb umid qilaman. Yana Odil Ahmedovni taniyman — u ancha yillar Xitoyda to'p tepdi va yaxshi o'yin namoyish etdi.
— SHri-Lanka futboli haqida nimani bilish lozim?
Sujan: Biz doim futbol va mamlakatimiz kelajagi uchun kurashamiz.
Vasim: 10 may kuni SHri-Lanka termasi murabbiyi etib Endi Morrison ("Manchester Siti" sobiq sardori) tayinlangani elon qilindi. Jamoa tarkibi yangi, xalqaro arenada bizga tajriba etishmaydi. Ammo yaxshi natija ko'rsata olishimizga ishonamiz.
— SHri-Lankada O'zbekistonga nisbatan munosabat qanday? O'zaro uchrashuvlarda favorit deb hisoblaysizmi?
Sujan: O'zbekiston termasi kuchli va Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Har qanday vaziyatda ham ular favorit. Lekin futbol kutilmagan voqealarga boy va biz o'zbek o'yinchilariga qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz.
Vasim: O'zbekiston Osiyoning eng kuchli termalaridan biri deb o'ylayman. Albatta, bu saralash bosqichida biz uchun eng qiyin raqib.
Sujan Perera
— Hozir SHri-Lankada notinchlik hukm surmoqda. Nimalar bo'layotgani haqida qisqacha so'zlab bera olasizmi?
Sujan: Koronavirusdan keyin mamlakatda inqiroz yuz berdi. Qattiq azob chekayotgan bo'lsak-da, odatdagi stabil hayotga qaytishga harakat qilyapmiz. Bu butun SHri-Lanka uchun qiyin kechmoqda.
Vasim: Hukumatda korrupciya kuchaygan. Odamlar bir necha oydan beri elektr va yoqilg'isiz yashashmoqda. Mamlakat rahbariyati oziq-ovqat va boshqa tovarlar narxini oshirishdan boshqa hech narsa qilmadi. SHuning uchun, xalq SHri-Lanka bosh vaziri Maxind Rajapaksa va uning oilasiga qarshi norozilik namoyishlarini boshladi. Insonlar yaxshi sharoitda yashash huquqiga ega. Ayni damda ayolim SHri-Lankada va har kuni nimalar bo'layotgani haqida xabar berib turibdi.
— SHri-Lanka termasi O'zbekistonga qarshi o'ynay olmasligi ham mumkinmi?
Sujan: Mamlakatda nima bo'lishidan qati nazar, SHri-Lanka aholisining yaxshi kelajagi uchun ham o'ynaymiz!
Vasim: Futbol federaciyasi bunga yo'l qo'ymaydi deb o'ylayman. FIFA va OFK beradigan mablag' tufayli moliyaviy ahvolimiz yaxshi. Termaning vice-sardori sifatida shunday deya olaman: vatanim va jamoadoshlarim uchun kurashishga tayyorman!
Nikolay Egorichev suhbatlashdi
Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi
Fikrlar