O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatida o'zgarish
19 may 2021 20:58
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatida o'zgarish
Klublar miqiyosida bo'lib o'tayotgan uchrashuvlar natijasiga ko'ra murabbiylar shtabi kengaytirilgan ro'yxatga o'zgartirishlar kiritishyapti.
Avval chaqiruv olgan Lutfulla To'raev hamda Murod Xolmuhamedov yig'inda ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Hozirda "Nasaf" klubi safida OFK kubogida muvaffaqiyatli o'ynayotgan Husniddin Aliqulov esa terma jamoaga chaqirildi. U klubi bilan safardan qaytgach yig'inga qo'shiladi. Bu haqda saytimiz orqali ham xabar qilgandik.
Milliy jamoaga nomzodlar ertaga kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida COVID-19 uchun test topshiradi. SHundan so'ng ularning jismoniy holati ko'zdan kechiriladi.
21 may kuni jamoa Toshkent viloyati Bo'stonliq tumaniga yo'l oladi. Bo'lajak safar oldidan karantin qoidalariga to'liq rioya qilish maqsadida mashg'ulotlar yopiq tarzda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar