Lutfulla To'raev "Bunyodkor"ga qaytdi

Iskandarov Abdulaziz
20 avg 2025, 14:16
O'z vaqtida "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor", OKMK, "Neftchi", "Lokomotiv" jamoalarida to'p tepgan Lutfulla To'raev o'tgan yildan boshlab murabbiylikka qadam qo'ygandi.

Dastlab "Neftchi"da Vitaliy Levchenkoga ko'maklashgan To'raev bu yil TFA va "Olimpik" U-19 jamoalarida faoliyat olib borayotgan edi. Endilikda u "Bunyodkor" klubining Birinchi ligadagi "Bunyodkor-Farm" jamoasida bosh murabbiyi sifatida faoliyatini boshladi. Unga murabbiylar shtabida Shuhrat Yo'ldoshev, Mirkamol Qosimov, Marat Galimov, Xurshid Hasanov, Azizbek Taslimov (mamur), Islom Mamajonov (shifokor) ko'maklashmoqda. 

Ma'lumot uchun, Lutfulla To'raev 2012-2013, 2019-2021 yillarda "qaldirg'ochlar" libosida harakat qilgan. O'zbekiston terma jamoasida 15 ta bahsda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia