Vitaliy Levchenko - Lutfulla To'raev, Toma Tabatadze va Shohruz Norxonov haqida

Narzulla Saydullayev
25 dek 2023, 14:12
"Neftchi" klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko championat.asia sayti mehmoni bo'ldi.

Intervyu davomida bosh murabbiy bir qator savollarga javob berdi. Eng asosiylarini taqdim etamiz:

- Toma Tabatadzening ketgani bizning natijalarga u qadar katta ta’sir qildi deb o'ylamayman. U "Navbahor"ga bordi va qanday vazifani bajardi? Nechta gol urdi? Mening fikrimcha Tabatadze O'zbekiston Superligasi uchun o'rtamiyona futbolchi. U yozda professionallardek ish tutmagan va "Navbahor"ga o'tib ketgandi. 

- Shohruz Norxonov uchun mavsum omadsiz o'tdi? Bir yil oldin Nurillo To'xtasinov ham "Navbahor"ga kerak emasdi, "Neftchi"ga keldi va yarim yilda uni Malayziya klubiga sotdik. Umar Adhamzodani ham bir yil avval deyarli hech kim tanimasdi. Hozir uni "Paxtakor"ga sotdik. 

-  Lutfulla To'raev yangi mavsum "Neftchi" murabbiylar shtabidan joy oladi. 


Vitaliy Levchenko bilan intervyuni to'liq holda tez orada championat.asia sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia