O'zbekiston MTJ o'yinoldi mashg'ulot o'tkazdi FOTO
05 okt 2016 19:03
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ o'yinoldi mashg'ulot o'tkazdi FOTO
Bugun O'zbekiston terma jamoasi "Bunyodkor" stadionida Eron bilan bahsdan oldin rasmiy o'yin oldi mashg'ulotni o'tkazdi.
Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa soat 18:15dan o'z mashg'ulotini boshladi. Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov dastlabki 15 daqiqada yakka tartibda shug'ullanganiga guvohi bo'ldik. Bundan tashqari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sardori Oston O'runov ham bugun milliy terma jamoa bilan birga shug'ullandi.
Anvar Rashidov odatdagidek uch nafar darvozabonimiz bilan ishladi. Barcha futbolchilarning kayfiyatlari yaxshi. Ertaga O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'yin soat 18:00da boshlanadi.
Mashg'ulotning fotogalereyasini saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTOGALEREYA
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 10

Fikrlar