SHerzod Nasrullaev jiddiy jarohatlandi
02 apr 2022 21:17
Yangiliklar
SHerzod Nasrullaev jiddiy jarohatlandi
"Nasaf" hamda O'zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi SHerzod Nasrullaev uchrashuvning 65-daqiqasida elkasidan og'ir jarohat oldi. SHundan so'ng uning o'rniga Alibek Davronov maydonga tushirildi.
Nasrullaev hozirgi paytda shifoxonada tibbiyot xodimlari tomonidan tekshiruvdan o'tkazilmoqda. Uning jarohati bo'yicha tafsilotlar tez orada malum bo'ladi.
SHu tariqa, himoyachi katta ehtimol bilan Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi bahslarida "Nasaf"ga yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" 4 aprel kuni Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi uchrashuvlarida qatnashish uchun charter reys orqali Saudiya Arabistoniga yo'l oladi va 8 aprel kuni 1-turda Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi maydonga tushadi.
UPD. So'nggi malumotlarga ko'ra, futbolchining o'mrov suyagi singan. Hozirgina uning qo'li gips qilindi. Nasrullaevga tezroq safga qaytishini tilab qolamiz.
Fikrlar