So’nggi yangiliklar

23:52КЧЖ. "Сиэтл Саундерс" - ПСЖ, "Атлетико" - "Ботафого"  1 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   2 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  2 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  69 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  35 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  4 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  8

O'zbekiston milliy terma jamoasining Yaman va Filippin bilan o'yinlar uchun tarkibi malum Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasining Yaman va Filippin bilan o'yinlar uchun tarkibi malum

O'zbekiston milliy terma jamoasining Yaman hamda Filippin terma jamoalariga qarshi o'ynaydigan 23 nafar futbolchidan iborat tarkibi malum qilindi.

O'zbekiston terma jamoasining Yamanga qarshi uchrashuvi 3 sentyabr kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 2 sentyabr kuni ikki terma jamoa bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi.

3 sentyabr kuni “N” saralash guruhida peshqadam SHimoliy Koreya terma jamoasi Manamaga borib, Bahrayn terma jamoasiga qarshi 3-tur uchrashuvida maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:40 da boshlanadi.

5 jamoa o'rin olgan “N” saralash guruhida peshqadamlardan yana biri Filippin terma jamoasi bu turda dam oladi. Filippin futbol federaciyasi 3 sentyabr kuni Maldiv orollari terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi haqida malum qilgan. O'yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da “Rizal Memorial” stadionida o'tkaziladi.

O'zbekiston terma jamoasi 3 sentyabr kuni Yamanga qarshi o'yinni o'tkazib, 2 kun Toshkentda shug'ullanadi va 6 sentyabrda charter reysi orqali Filippinga uchib ketadi. 7 sentyabrda Filippin va O'zbekiston terma jamoalari ishtirokida matbuot anjumani va Filippin – O'zbekiston uchrashuvi 8 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Bokayu Siti shahrida bo'lib o'tadi. 8 sentyabr kuni, shuningdek, Dohada Yaman terma jamoasi Bahrayn terma jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvini o'tkazadi. SHimoliy Koreya terma jamoasi 4-turda dam oladi va hozircha hech qanday uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmagan.

3-tur oldidan “N” saralash guruhida SHimoliy Koreya va Filippin 2 ta o'yindan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarni egallab turgan Bahrayn, O'zbekiston va Yaman terma jamoalarida esa hozircha ochko yo'q.

Quyida O'zbekiston milliy terma jamoasining Yaman va Filippinga qarshi o'yinlar uchun tanlab olingan 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni keltirib o'tamiz.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov, Ignatiy Nesterov, Eldor Suyunov.
Himoyachilar: Davron Hoshimov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov, Vitaliy Denisov.
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Server Jeparov, Azizbek Haydarov, Fozil Musaev, Sardor Rashidov, Sanjar Tursunov, Stanislav Andreev, Javohir Sohibov, Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov.
Hujumchilar: Aleksandr Geynrix, Temurxo'ja Abduxoliqov, Igor Sergeev, Eldor SHomurodov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика