O'zbekiston Kubogi. Yarim finalning birinchi o'yinlaridan keyingi o'ylar
28 iyu 2014 17:14
Yangiliklar
O'zbekiston Kubogi. Yarim finalning birinchi o'yinlaridan keyingi o'ylar
26-27 iyun kunlari O'zbekiston Kubogining yarim finalidan o'rin olgan dastlabki bahslar o'tkazildi.
“Bunyodkor” o'z maydonida “Nasaf”ni, “Lokomotiv” esa “Paxtakor”ni kichik hisobda mag'lub etdi. Har ikkala uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etildi. Bundan ko'rinib turibdiki, javob o'yinlari yanada shiddatli kechadi va hozirdanoq falonchi jamoa finalga chiqib bo'ldi deyish mushkul.
TEZLIK VA SAVIYA
Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatini hammamiz diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Ana tezlig-u, mana shiddat. O'yinlar tempi juda yuqori. Ravshan Ermatov boshqargan bahslarni aytmaysizmi? Xorvatiya – Meksika uchrashuvidagi tezlikni ko'rib hayron qolasan kishi. Bunaqa o'yinni boshqara olgan hakamimiz O'zbekistonga qaytib kelgach, oliy ligani yurib boshqarsa bo'larkan. Malumki, o'yin paytida hakam futbolchilarga nisbatan ko'p yuguradi. SHundan kelib chiqib aytganda, Ermatov o'rnida boshqa birorta hakamimiz bo'lganida shunday tezlikka dosh bera olmagan bo'larmidi?
Jahon chempionatidagi o'yinlarni kuzatar ekansan, beixtiyor o'sha muhitga bog'lanib qolarkansan. JCH atmosferasidan chiqib ketishing qiyin bo'ladi. Masalan, kecha o'yin o'tkazilmaganiga odam o'zini qandaydir boshqacha his qildi. Tabiiyki sport o'zaro solishtiruv bo'lgani uchun xohlaymizmi-yo'qmi, jahon chempionatidagi o'yinlar bilan bizning chempionatni solishtirib ko'rasiz. Oddiy misol, Kubokning yarim final bellashuvlarini olaylik. Ayni paytda yurtimizda eng kuchli bo'lib turgan to'rtta jamoaning o'yiniga etibor beraylik. Tezlik ancha past, xavfli vaziyatlarni yaratish ancha kam, yuzaga kelgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalanish koefficienti undan ham past ko'rsatkichda. Har to'rttala klubning o'yini juda oddiy va sodda ko'rinmadimi?
Va bu o'yinlarni jahon chempionatidagi eng oddiy bellashuv bilan ham solishtirish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. JCHning eng kuchsiz jamoasi deya etirof etilgan Gondurasning o'yini ham bizdan ancha baland ekan. O'yindagi shiddatning yo'qolayotgani, tezlikning pasayib ketayotgani har qanday muxlisni o'ylantirmay qo'ymaydi. Nima sababdan futbolimiz saviyasi pasayib qoldi degan savolning tez-tez berilishi-chi?
Masalan, “Bunyodkor” - “Nasaf” bahsini olaylik. Kenja To'raev hujumchi bo'la turib juda qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. Yana bir holatda Farrux Sayfiev darvozaga to'p kirita olmadi. Oleksandr Pishurning o'yinida pasayish yuzaga kelgani haqida yil boshidan beri tinmay gapirilmoqda. Pishur o'tgan yil ko'p gol urardi, lekin bu mavsum nima uchun bo'shashib ketdi? CHunki u ham o'zbek futboliga moslashib qoldi. Qarasa, bu erda tezlik past ekan, ortiqcha ter to'kib nima qiladi. Bir yil ichida o'zini ko'rsatib oldi. Endi hozirgi saviyasi bilan bemalol uch-to'rt yil “Bunyodkor”da o'ynab yuraveradi, agar jamoadagilar olib qolsa.
“Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev mag'lubiyatni va xavfli vaziyatlardan foydalana olmaslikni ayrim futbolchilarning yoshligi bilan izohladi. Ammo etibor bering, oliy liga va Kubokning yarim finalida yosh o'yinchi degan narsa bo'lmasligi kerak. Qolaversa, Kenja To'raev bilan Farrux Sayfievni hali yosh deyish umuman mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Mana shu o'yinda “Bunyodkor” raqibni haqli ravishda jazoladi. Futbolda bir tomon gol urmagandan keyin ikkinchi tomon payt poylab gol uradi-da. Lekin oldinda javob uchrashuvi bor va “Nasaf”ning bor umidi o'z maydonida o'tadigan bellashuvdan.
“PAXTAKOR”GA NIMA XALAQIT BERISHI MUMKIN?
Teng kechgan uchrashuvda “Paxtakor” kichik hisobda mag'lub bo'ldi. Menimcha, kechagi bahsda “paxtakorchilar”dan maza qilib o'ynagan futbolchi birgina Jamshid Iskanderov bo'ldi. Jamshid hammasini to'g'ri bajaryapti: sheriklarini qulay vaziyatga chiqaryapti, to'pni vaqtida uzatib bermoqda, lekin boshqalarning oqsashi oqibatida “Paxtakor” gol ura olmadi. Xususan Igor Sergeev xavfli vaziyatni qanday qilib yo'qqa chiqarish mumkinligini kecha yana bir bor namoyish etib berdi. Yoki bo'lmasa zaxiradan maydonga tushgan Jaloliddin Masharipovning o'ta muhim pallada to'pni yuqoriga tepib yuborishi qachongacha futbolchining yosh ekanligi bilan izohlanadi?
“Paxtakor”ga hozir oson bo'layotgani yo'q. CHunki jamoa hamma uchrashuvlarni deyarli bir xil tarkib bilan o'tkazmoqda. Jamoa zaxirasining keng emasligi muhim o'yinlarda pand berib qo'yishi mumkin. Negaki futbolchilar ham odam va ular ham har doim maydonga tushaversa charchab qolishadi. Igor Sergeev kam gol urgani bilan deyarli hamma o'yinlarda qatnashib kelyapti. Nima uchun? CHunki jamoada Anvar Solievdan boshqa uning o'rnini bosa oladigan sof hujumchi yo'q. “Paxtakor”ni oldinda ikkita qiyin o'yin kutib turibdi: 1 iyul kuni “Lokomotiv” bilan Kubokning javob o'yini va 5 iyulda “Bunyodkor”ga qarshi oliy liganing 13-tur bahsi.
Samvel Babayan shogirdlari shu ikkita o'yinda ijobiy natija qayd eta olishadimi? Mumkin, lekin buni uddalash juda qiyin bo'ladi. To'g'ri, “Paxtakor”da mahoratli futbolchilar ko'p, biroq muntazam bir xil tarkibning o'ynab kelayotgani futbolchilardagi toliqish sabab pand berib qo'yishi mumkin. Etibor bering, “Lokomotiv”ning ham, “Bunyodkor”ning ham zaxirasida o'yinni kuchaytira oladigan futbolchilar bor. Ammo “Paxtakor” zaxirasidagilar kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishayotgani uchun o'yinni kuchaytira olishadimi yo'qmi, bir narsa deyish qiyin. Nazarimda, “Paxtakor”ga ketma-ket ikki qiyin bellashuvda faqat shu narsa xalaqit berishi mumkin.
To'g'risi, shaxsan men uchun “Paxtakor”ning oldinda turgan ikki uchrashuvda qanday o'yin ko'rsatishi, qaysi tarkib bilan harakat qilishi juda qiziq tuyulyapti. Bo'lib ham “Lokomotiv”ga imkoniyat boy berilgan o'yindan so'ng javob bahsida maydon egalarining qanday qilib vaziyatni o'nglay olishlari o'ziga tortyapti. Mana shuning uchun ham “Paxtakor” - “Lokomotiv” va “Paxtakor” - “Bunyodkor” uchrashuvlari diqqat bilan tomosha qilishga arziydi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar