O'zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” bugun yangi tarix yozishi mumkin
01 iyu 2014 16:57
Yangiliklar
O'zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” bugun yangi tarix yozishi mumkin
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Kubogining yarim final javob o'yinlari bo'lib o'tadi.
O'z oldiga Kubok finaliga chiqish vazifasini qo'ygan “Lokomotiv” “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. Yana bir bellashuv Qarshidagi markaziy stadionda “Nasaf” va “Bunyodkor” o'rtasida bo'lib o'tadi.
Malumki, dastlabki bahsda “Lokomotiv” raqibini 1:0 hisobida mag'lub etdi. SHunday ekan, bugungi uchrashuvda hatto durang natija ham “temiryo'lchilar”ni Kubok finaliga olib chiqadi. Lekin hozircha “Lokomotiv”dan hech kim durangni o'ylamayotgan bo'lsa kerak. Qolaversa, Vadim Abramov har bir uchrashuvda shogirdlari oldiga g'alaba qozonish vazifasini qo'yishi turgan gap.
Agar bugun “Lokomotiv” ijobiy natija qayd etib Kubok finaliga yo'l oladigan bo'lsa, unda o'z tarixida yangi sahifa ochadi. Yani, klub o'z tarixida birinchi bor O'zbekiston Kubogi finaliga chiqqan bo'ladi. SHu paytgacha eng yaxshi natija 2010 yilgi mavsumda qayd etilgan bo'lib, “Lokomotiv” yarim finalgacha etib borgan.
O'shanda “SHo'rtan” bilan to'qnash kelgan “temiryo'lchilar” Toshkentda 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lishlariga qaramay, G'uzorda bo'lib o'tgan javob uchrashuvida 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Xo'sh, bu safar qanday bo'ladi? “Lokomotiv” o'z tarixida yangi sahifa ochib ilk bor finalga yo'l oladimi yoki “Paxtakor” vaziyatni o'nglab masalani o'z foydasiga hal etadimi? Bu savollarga javobni bugun “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadigan o'yin yakunida bilib olamiz.
X.Xoliqov.

Fikrlar