So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

"Neftchi" ijrochi direktori: "Maqsadimiz - chempionlik va kubokni qo'lga kiritish!" Yangiliklar

"Neftchi" ijrochi direktori: "Maqsadimiz - chempionlik va kubokni qo'lga kiritish!"

Farg'onaning "Neftchi" klubi ijrochi direktori Muhammadsolih Abdusattorov jamoa matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Neftchi" 3-4 yildan buyon shakllanib kelmoqda. O'tgan yilgi va bu yilgi maqsadimiz Superliga chempioni bo'lish, mamlakat kubogini qo'lga kiritish. Agar bu sovrinlarni yutsak Elit OCHLda ishtirok etishimiz aniq bo'ladi. Asosiy maqsadimiz mana shu.

Jamoamiz asosiy qismi o'zgardi. Klubga ko'plab yangi futbolchilarni jalb qildik. 5-yanvardan buyon mashg'ulotlarni kuzatib kelyapmiz, barchasi tajribali, masuliyatli va "Neftchi"ga nima maqsadda kelgani bilinib turibdi. Yangi futbolchilar ishtiyoq va shijoat bilan kelishgan, barchamizning maqsadimiz bir - Farg'onaga O'zbekiston chempionligini qaytarish.

Kuniga 2 mahal mashg'ulotlar bo'lmoqda, birinchi yig'inda 4 ta fitness kuni belgilangan. Boshida futbolchilarga formaga kirib olishda qiyin bo'lmoqda, chunki mashg'ulotlar og'ir. Lekin murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining ko'ngli to'lmoqda, chunki aytib o'tganimdek hamma jon berib ishlamoqda. Mehmonxonadagi sharoitlar yaxshi, maydon holati alo darajada. Futbolchilardan hali sharoitlar bo'yicha shikoyatlar kelib tushgani yo'q, hamma xursand. Bu erga hech kim dam olgani kelmagan, ishlagani kelganmiz. Ishlash uchun hamma sharoit yaratib berilgan.

"Neftchi" yana ikki nafar mashhur futbolchi bilan muzokara olib boryapmiz. Tez kunlarda yangilik bo'lib qoladi", - dedi "Neftchi" klubi ijrochi direktori Muhammadsolih Abdusattorov. 



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика