O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilishi mumkin bo'lgan stadionlar nomi elon qilindi
18 mar 2024 15:06
Yangiliklar
O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilishi mumkin bo'lgan stadionlar nomi elon qilindi
Liga 2020 yildan boshlab Kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga shaffof qura orqali aniqlik kiritib keladi.
SHu tariqa, Namangan (2020), Samarqand (2021), Buxoro (2022), Qarshi (2023) shaharlari mos ravishda finallarni qabul qildi.
2024 yilgi mavsumda Liga uch stadionga shunday imkoniyat taqdim etadi: "Istiqlol", "Bobur Arena" va OKMK sport majmuasi. Mazkur stadionlar o'tgan mavsumda Liga talabi bo'yicha yoritish, sug'orish, drenaj tizimlarini yaxshiladi, maydon maysasi o'zgartirildi.

O'zbekiston Rubogining guruh bosqichiga 21 mart kuni qura tashlanishi malum qilingandi. "Sport-TV" orqali jonli efirga olib chiqiladigan jarayon vaqtida Kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadion nomiga ham oydinlik kiritiladi. Final 5 oktyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 11
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar