O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilishi mumkin bo'lgan stadionlar nomi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
18 mar 2024, 15:06
Liga 2020 yildan boshlab Kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga shaffof qur'a orqali aniqlik kiritib keladi.

Shu tariqa, Namangan (2020), Samarqand (2021), Buxoro (2022), Qarshi (2023) shaharlari mos ravishda finallarni qabul qildi. 

2024 yilgi mavsumda Liga uch stadionga shunday imkoniyat taqdim etadi: "Istiqlol", "Bobur Arena" va OKMK sport majmuasi. Mazkur stadionlar o'tgan mavsumda Liga talabi bo'yicha yoritish, sug'orish, drenaj tizimlarini yaxshiladi, maydon maysasi o'zgartirildi. 



O'zbekiston Rubogining guruh bosqichiga 21 mart kuni qur'a tashlanishi ma'lum qilingandi. "Sport-TV" orqali jonli efirga olib chiqiladigan jarayon vaqtida Kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadion nomiga ham oydinlik kiritiladi. Final 5 oktyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz