O'zbekiston Gvatemalaga qarshi to'liq ko'k libosda maydonga tushadi
11 sen 2021 14:08
Yangiliklar
O'zbekiston Gvatemalaga qarshi to'liq ko'k libosda maydonga tushadi
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Jahon CHempionati doirasida Gvatemalaga qarshi ilk o'yinini o'tkazadi.
Mazkur bahs oldidan FIFA tashkiliy qo'mita azolari hamda ikki jamoa vakillari ishtirokida onlayn miting bo'lib o'tdi. Unda uchrashuvning tashkiliy masalalari, xususan, media, marketing va tibbiy jarayonlar muhokama qilindi.
Kelishuvga ko'ra, Gvatemalaga qarshi uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi to'liq ko'k rangda maydonga tushadigan bo'ldi, darvozabonimiz esa sariq libosda harakatlanadi.
Eslatib o'tamiz O'zbekiston - Gvatemala uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Ushbu bahsni «Yoshlar» telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Fikrlar