So’nggi yangiliklar

23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  0 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  3 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  1 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  6 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  48 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0

"Nasaf" O'zbekiston Coca Cola kubogi sohibiga aylandi va kelasi mavsum OCHLda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi! Yangiliklar

"Nasaf" O'zbekiston Coca Cola kubogi sohibiga aylandi va kelasi mavsum OCHLda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi!

O'zbekiston Coca Cola kubogining hal qiluvchi o'yini yakunlandi.

O'zbekiston Coca Cola Kubogi. Final

30 oktyabr, yakshanba

"Navbahor" – "Nasaf" 1:2

Hakamlar: Vadim Agishev, Husniddin SHodmonov, Obid Jumaev, Temurbek To'xtasinov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Rahimbek Karimov

AVAR: Aleksandr Sidorov

VAR nazoratchisi: Timur Abdullaev

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Akmal Mozgovoy, 29 (0:1), Doniyor Abdumannopov, 57 (1:1), Mateus Lima, 100 (1:2)

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Boyan Ciger, 6.Rustam Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 20.Doniyor Abdumannopov (17.Diyorbek Turopov, 83), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov (28.Stanislav Andreev, 71), 32.Zoran Marushich, 77.Asadbek Sobirjonov (11.Jasur Yaxshiboev, 109)

Zaxira: 35.Rahim Davronov, 7.Azim Ahmedov, 9.Vladimir Kozak, 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Aleksandr Kasyan, 55.Asadbek Jo'raboev.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.SHarof Muhitdinov (34.SHerzod Nasrullaev, 63), 8.Dilshod Saitov, 19.Mateus Lima, 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (18.Bahrom Abdurahimov, 63), 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 6.Murod Rahmatov, 9.Ivan Solovyov, 14.Alen Masovich, 17.Suhrob Nurulloev, 20.SHahzod Akramov, 27.Zafarmurod Abdirahmatov.

Ogohlantirishlar: Yovan Jokich (74), Akmal Mozgovoy (89), Mateus Lima (101), Zafarmurod Abdirahmatov (107)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Nasaf" O'zbekiston Coca Cola kubogi sohibiga aylandi va kelasi mavsum OCHLda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi!

120. To'rtinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

117. Abduvohid Nematov biroz muxlislarini xavotirga soldi.

112. Nasrullaev jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

109. "Navbahor" tarkibida o'zgarish: Asadbek Sobirjonov o'rniga Jasur Yaxshiboev o'yinni yakunlab qo'yadi.

107. Abdirahmatov raqibiga libos almashishini taklif qildi chog'i, ammo hakam bu fikrga qo'shilmadi va jarima zarbasi belgilagancha, "Nasaf" futbolchisini ogohlantirdi.

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi.

Uchinchi bo'lim yakunlandi.

104. Namanganliklarning betartib amalga oshirilayotgan hujumlari "Nasaf" futbolchilari tomonidan qaytarilmoqda.

101. Lima golni qoidalarga nomunosib tarzda nishonlagani uchun ogohlantirildi. Lima uchun bitta sariq nimayu, yuzta sariq nima ayni pallada. Lekin u so'zining ustidan chiqdi va gol urdi.

Mateus Lima: "G'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz"

100. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Lima qanotdan oshirilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

VIDEO

98. "Nasaf" tarkibida majburiy o'zgarish: Zafarmurod Abdirahmatov Dilshod Saidovni almashtirdi.

94. Stanoevichning oyoqlarida bugun rosa kuch ko'payib ketgan shekilli, zarbalari ko'p hollarda yuqorilab ketmoqda.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlar guvohiga aylanamiz.

90+1. Stanoevich boshqa payt o'zini majburlab ham bunday noaniq tepolmasa kerak.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Hisobga monand tarzda ogohlantirishlar borasida ham tenglik yuzaga keldi: Mozgovoy ogohlantirildi.

88. Abdurahmonov ajoyib tarzda raqib jarima maydoniga kirib bordi va pas berdi, ammo uning uzatmasini raqib himoyachilari qiyinchilik bilan qaytardi.

83. "Navbahor" tarkibida o'zgarish: Diyor To'ropov Doniyor Abdumannopovni almashtirdi.

79. Limaning olisdan yo'llagan zarbasi "Zaporojec" tezligida bo'lgani sababli Yusupovga qiyinchilik tug'dirmadi.

76. "Navbahor" futbolchisining olisdan yo'llagan zarbasi unchalik kuchli chiqmadi.

74. Jokich O'zbekiston kubogi finalida gol urolmasa-da, sariq kartochka bilan taqdirlanganman deya faxrlanib yuradigan bo'ldi.

71. "Navbahor" tarkibida o'zgarish: Davron Hoshimov o'rniga Stanislav Andreev tushirildi.

69. Markoning olisdan yo'llagan kuchli zarbasi raqib futbolchisining shifokorlar yordamiga muhtoj bo'lishiga sabab bo'ldi.

67. Nasrullaevning uzatmasidan so'ng qarshiliklar burchak to'pi ishlab olishdi, biroq vaziyat bartaraf etildi.

63. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish: Oybek Bozorov o'rniga Bahrom Abdurahimov, SHarof Muhitdinov o'rniga SHerzod Nasrullaev maydonga tushirildi.

60. Iskanderov tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasini raqib himoyachilari qaytarishdi.

57. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Abdumannopov raqib jarima maydoni ichida to'pni o'ziga to'g'rilab olib, kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.

VIDEO



55. Lima 1-2 metr masofadan gol urolmaslik mumkin ekanligini amalda isbotladi.

52. Sobirjonov birinchi bo'limda Babayan yo'l qo'ygan xatoni takrorladi.

48. Ashurmatovning zarbasi ham biroz avval zarba bergan raqibinikidan qolishmadi. Hamma himoyachilar shunday tepadimi?

47. G'aybullaev regbi sport turi bilan shug'ullanganda, mana shu zarbasi uchun "Oltin to'p"ni qo'lga kiritardi.

47. Jokich butsasining tishlari raqib oyog'ini "tishlab oldi". 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga urilgan gollar soniga mos daqiqa qo'shib berildi.

44. Hoshimov raqibiga oyoqlari bilan "salom" yo'lladi, bu esa jarima zarbasi belgilanishiga sabab bo'ldi.

42. Bozorov hozirgi zarbasida chapaqay emasligini isbotladi.

39. Burchak zarbasidan so'ng Yusupov to'pga nisbatan bokschilarga xos harakat qildi.

38. Maydonda men ham borman deya bir burchakda hilpirab turgan bayroqcha yonidan to'p o'yinga kiritiladi.

36. Abdumannopov chap qanotdan yorib kirib, bir raqibini aldab o'tdi, biroq ikkinchisiga kelganda to'pni yo'qotdi.

33. Ikkala jamoa posbonlari ketma-ket ikki hujumda so'nggi himoyachi vazifasini bajarishdi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Stanoevichning chap qanotdan yorib kirib, markazga uzatmasini Mozgovoy golga aylantirdi!

VIDEO


25. Stanoevichning bazi paslari futbolga adashib kelib qolgan bolakayning uzatmasi singari bo'lmoqda.

21. Maydon chetida turgan Babayan shogirdining pasini to'xtata olmadi. 

19. Abdumannopov qanotdan Ronaldino raqibiga qo'llaydigan usullardan birini ishlatdi, biroq Davronov oxirigacha harakat qilib, vaziyatni bartaraf etdi.

17. Muhitdinov yiqitildi. Agar bugun qo'pollik ishlatmasdan maydonni tark etsa, Hoshimov Hoshimov bo'larmidi.

14. Lima qanotdan oshirilgan to'pga bosh bilan ko'ngildagidek zarba yo'llay olmadi.

13. Ayolga gul bering, darvozabonga to'p deganlaridek, Ashurmatovning uzatmasidan so'ng "Nasaf" posboni to'pni egallab oldi.

12. Boltaboevning zarbasidan so'ng maydon ortidagi banner chinqirab qoldi.

10. "Nasaf" chap qanotdan qarshi hujum tashkil etdi, Muhitdinovning uzatmasidan so'ng to'pni Yusupov egallab oldi.

8. Stanoevich va Lima bir-birini tushunmadi, aks holda Yusupovni qo'rquvga tushiradigan vaziyat sodir bo'lishi mumkin edi.

6. Maydon tekis, to'p yumaloq, lekin Mozgovoyning zarbasi noaniq.

5. "Navbahor" futbolchisi chap qanotdan xavfli uzatma amalga oshirdi, Aliqulov baland sakrab, boshi bilan to'pni qaytardi.

3. "Nasaf" futbolchisining o'ng qanotdan markazga oshirgan to'pini "Navbahor" himoyachilari bartaraf etdi.

1. Uchrashuvning dastlabki esda qolarli vaziyati qo'pollik bilan yodda qoladigan bo'ldi. 

1. Uchrashuvni "Navbahor" futbolchilari boshlab berdi.

O'zbekiston kubogi. Finalga tashrif buyurgan muxlislar

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Navbahor" ko'k, "Nasaf" qizil rangli libosda harakat qiladi.

DJ King Macarella tomoshabinlarni zeriktirmayapti. 

Tarkiblar elon qilindi.

O'zbekiston kubogi finali. "Ajdarlar" stadionga etib kelishdi

O'zbekiston Coca Cola kubogi. "Navbahor" azolari stadionga etib kelishdi

O'zbekiston kubogi finali. "Navbahor" va "Nasaf"ning kiyinish xonasidan eksklyuziv GALEREYA

Kechagi matbuot anjumanidan bebahra qolganlar quyidagi sahifa orqali murabbiylarning bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan tanishishlari mumkin.

Samvel Babayan: "Ertaga g'alaba qozonsak, "Navbahor" ikkinchi marta o'zbek futboli tarixiga kiradi"

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz ham kubok, ham chempionatda maksimal natijaga erishish"

Stadionga tomoshabinlar "oqib kelmoqda". Muxlislar jonli ijroda kuylashmoqda, ayrim xizmat ko'rsatgan artistlar mana shunday o'yinlarda bemalol tajriba oshirib, fonogrammadan voz kechsa bo'lardi.

O'zbekiston Coca Cola kubogi. "Navbahor" – "Nasaf". O'zaro o'yinlar statistikasi

O'zbekiston Coca Cola kubogi. "Buxoro" stadioni final uchrashuvini o'tkazishga tayyor

Assalomu alaykum, ushbu kunni intiqlik bilan kutgan hamda futbolni shunchaki sevadigan ishqibozlar! Bugun Evropa CHempionlar ligasidan kam darajada o'tmaydigan bahs guvohiga aylanamiz, degan umiddaman. Bugun quloqlar qomatga keladigan kun. Bugun ikkala jamoa ham ko'zyosh to'kadi, faqatgina bu ko'zyoshlar farq qilid, biri quvonch ko'zyoshlari bo'lsa, biri alamli ko'zyoshlar. Natija qanday yakunlangan taqdirda ham ikkala jamoa muxlislaridan hurmat-izzatni yo'qotmaslikni so'rab qolardik.

Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика