So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  23 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

O'zbekiston chempionatida o'ynagan yagona ispaniyalik futbolchi kimligini bilasizmi? Yangiliklar

O'zbekiston chempionatida o'ynagan yagona ispaniyalik futbolchi kimligini bilasizmi?

SHu vaqtga qadar O'zbekiston chempionatida turli millat vakillari, legionerlar klublarimizda harakat qilishdi.

2014 yilgi Oliy ligamizda ilk bor ispaniyalik futbolchi, “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Karles Koto “Bunyodkor” jamoasida paydo bo'ldi. Ispaniyalik bo'lgani bois ko'p narsa kutganimiz rost, boz ustiga futbolchini taklif qilishdan maqsad OCHLda muvaffaqiyatli qatnashish edi. Lekin, “qaldirg'ochlar” Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasiga bas kela olmay nimchorak finalda o'z yurishini to'xtatdi. Dastlabki uchrashuvlarda u o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. Qanotdagi tezkor harakatlari, standartlar ishlashga ustaligi, driblinglaridan darajasi yaxshiligi ko'rinib turdi. Ammo, jarohat sabab malum muddatga safdan chiqdi va jamoadagi o'rnini raqobatda boy berib qo'ydi. Keyinchalik murabbiylar unga faqat zahiradan maydonga tushirdilar. Bu orada murabbiylar shtabida ham o'zgarishlar yuz berdi. Qosimovdan so'ng Volkov yomon boshqarmadi. Biroq, Sergey Lushan kelgach aksariyat legionerlar qatori u ham ikkinchi davrada jamoadan ketdi. Xo'sh futbolchi yurtimizdagi qisqa faoliyati haqida qanday fikrda? Buni quyida Kotoning fikrlaridan bilib olamiz.

“Bunyodkor”ga kelganimda jamoani Mirjalol Qosimov boshqarardi. U etuk futbol mutaxassis, tajribasi katta. Undan ko'p narsa o'rgandim. Qosimov yosh futbolchilar bilan ham shug'ullanardi, ularga etibor berardi. SHaxsan ushbu inson jamoa tarixidagi eng yaxshi murabbiy. Aleksandr Volkov jamoani OCHL guruhidan olib chiqdi. Rosti kuchli kvartetdan joy olgandik. So'ngi ikki turda jamoa haqiqiy iroda ko'rsatgandi. Volkov doim ijobiy jihatlar haqida o'ylardi. Futbolchilarga rejasini to'g'ri etkazib berardi. Lushan esa ko'proq o'zi bilgan, tanigan shogirdlariga ishondi. Toshkentda o'zimni alo darajada his qilganman. Klub bazasida barcha sharoitlar yaratib berilgan, nolishga hojat yo'q edi. Moslashish kutganimdanda tezroq kechgan. “Bunyodkor”ga Belorusning yani Minskning “Dinamo” jamoasidan kelib qo'shilgandim. Menga asosan OCHL birinchi davrasida imkoniyat berishdi. Jarohatlarim to'xtamagach o'z iqtidorimni to'liq namoyish qila olmadim. Jamoaning o'rinbosarlarida sport formamni tiklashga harakat qildim.

Klub bilan o'rtamizda hech qanday muammo bo'lmadi. Do'stona kayfiyatda xayrlashdik. Moliyaviy tomondan shartnomda ko'rsatilgan mablag'larni barchasini to'ladi. Muxlislar bizni doim stadiondan bevosita qo'llab-quvvatlardi. Ularni yodimdan chiqarmayman. Jamoaning ajoyib va qadrdon ishqibozlari bor. Lushchan bilan birga ko'p ishlamadim. Agarda, o'shanda avvalgi murabbiy qolganida natijalar ijobiy tarzda davom etishi mumkin edi.

Ikkinchi davrada ketishdan boshqa chora topa olmadim. Hozirda Greciya chempionatida to'p tepmoqdaman”,- degandi Koto.


Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, futbolchi Ispaniyaning o'smirlar va yoshlar terma jamoalari bilan turli yutuqlarga erishgan. Hususan, 2007 yil yoshlar terma jamoasi safida Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. 2013 yilda esa “Dinamo” (Tibilisi) bilan Gruziya chempionatida oltin medallarga ega chiqqan. “Dinamo” (Minsk) bilan Belorus chempionatining bronza medallariga sazovor bo'lgan.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика