So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  6 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  40 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

O'yin kuni - Ravshan Ermatov (Hech qaerda ko'rmagan jarayonlar va hakamlar haqida) Yangiliklar

O'yin kuni - Ravshan Ermatov (Hech qaerda ko'rmagan jarayonlar va hakamlar haqida)

SHahboz Beg'amovning O'yin kuni/MatchDay loyihasining bu galgi mehmoni FIFA hakami - Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi bo'ldi.

Loyihaning ilk soni «Nasaf» klubi bilan suratga olinib, jamoaning bir o'yinga bo'lgan taraddudi, ichki hayoti va uchrashuvga tayyorgarlik doirasidagi barcha holat va jarayonlar bilan yaqindan tanishtirilgandi. Bu gal esa odatda faqat 90 daqiqalik ishini ko'radiganimiz, maydondagi uchinchi jamoa — hakamlar tanlandi. Superliganing 9-tur doirasidagi uchrashuvlardan oldin Ravshan Ermatov bilan kelishgan holda loyihaning bu sonini hakamlarga bag'ishladik. FIFA referisi Ravshan Ermatov mazkur loyiha va saytimiz muxlislarini hurmat qilib, o'z ishining ichki «oshxona»sini ko'rsatishga, uchrashuvga qadar bo'lgan jarayonlar, o'yin kuni va o'sha paytdagi holatlarni tasvirga olishga rozilik berdi. Quyida 3 kun davomida suratga olish jarayonida bizning tasmamizga tushgan voqea hamda holatlarni tomosha qilib, hakamlar bir o'yinga sarflaydigan kuch, mehnati va ularning siz ko'rmagan kadr ortida qolib ketadigan ishlarini o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz mumkin bo'ladi.



Tasvirga olish ishlari Ravshan Ermatov yosh hakamlarga seminar darslarini o'tkazadigan kunga to'g'ri kelib qolgani bois, biz o'sha jarayonlarni ham etiboringizga havola etamiz. Umuman siz uchun yangilik bo'ladigan hakamlarning o'zgacha mashg'ulotlari, ishga bo'lgan munosabati, ularning ishlaridagi nozik nuqtalar va qiyinchiliklarni o'zingiz ko'rasiz va baho berasiz.



Biz esa loyihamiz va muxlislar nomidan Ravshan Ermatov, Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlarga ochiqlik va taklifimizga labbay deya bergan javoblari uchun tashakkur bildiramiz!

«O'yin kuni»/«MatchDay» loyihasining mazkur sonida hech qaerda chiqmagan va ko'rmagan jarayonlarni tomosha qilasiz.

Kamchiliklar haqida xolis tanqidlar va yana nimalarga etibor qaratilishi, shuningdek, loyihaning kelasi sonida qaysi jamoani «O'yin kuni»da ko'rishni istashingizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Etiboringiz uchun tashakkur!




Loyiha va g'oya muallifi — SHahboz Beg'amov.
Operator — Jahongir Fayzullaev.


TAS-IX 


 


TAS-IX emas



Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика