So’nggi yangiliklar

17:08Эрон чемпионати. Остон Ўрунов асосий таркибда  0 16:48МЮ 17 ёшли ҳимоячи билан музокараларни бошлади  0 16:09Беллингем: "Менда яна голни ҳис қилиш туйғуси пайдо бўлди"  2 15:273 йилдан бери ишсиз юрган Сульшер собиқ жамоасини бошқаришни хоҳламади  1 14:46Моуринью Гвардиола билан батлга нуқта қўйдими?!  4 14:14Қатар Ўзбекистонни мағлуб этган мураббийини истеъфога чиқарди, янги сарбон ҳам испаниялик  5 13:44"Пахтакор", "Металлург", "Машъал" ва "Шўртан" жамоаларининг стадионлари 2025 йил Суперлига ўйинларини ўтказишга тайёр эмас  12 13:18Абдуқодир Ҳусанов Гринвуд ва Ҳакими билан бир жамоада  10 12:59ФИФА U-17 Жаҳон чемпионати қайси саналарда бўлиб ўтишини эълон қилди  1 12:18ОКМК - Суперлига-2024нинг фейр-плей соврини соҳиби!  0 12:03Шавкат Насибуллаев - Суперлига-2024нинг энг яхши ҳаками!   1 11:44Владимир Йовович - Суперлига-2024нинг энг яхши хорижлик футболчиси!  5 11:29Акмал Мозговой - Суперлига-2024нинг энг яхши футболчиси!  16 11:25Рўзиқул Бердиев - Суперлига-2024нинг энг яхши мураббийи!  16 11:24Анваржон Ҳожимирзаев - Суперлига-2024да йил кашфиёти!  13

Rodri. Futbol mavjudligi uchun shukrona aytaman (mutolaa uchun) Yangiliklar

Rodri. Futbol mavjudligi uchun shukrona aytaman (mutolaa uchun)

"Oltin to'p" sohibining o'zi hayot yo'li haqida hikoya qiladi.

Men har doim "Siti"dagi jamoadoshlarimga tushuntirishga harakat qilaman: baraka topgurlar, men Britaniya lahjasidagi inglizchani bilmayman, Amerika lahjasida so'zlasha olaman. Ular meni mazax qilishni yoqtirishadi. Nima uchun deysizmi? Odatda, kiyinish uslubim uchun. Bazida gapirish tarzim kulgiga sabab bo'ladi. Ammo odamlar men haqimda bilmaydigan ko'p narsalar bor. Aslida, men ingliz tilida tilida so'zlashishni na Manchesterda, na Londonda o'rganganman. Men buni Konnektikut (AQSH shtati)dagi o'rmonda o'rganganman. Biroq amerikancha uslubni o'rganganman.

Oilamda talim juda muhim o'rin tutardi va otam meni bir yil davomida Amerika o'rta maktabida o'qishimni istardi. Biroq futbolga bo'lgan orzularim bunga imkon bermasdi.

14 yoshga to'lganimda, Konnektikutdagi o'rmon qo'ynida joylashgan yozgi lagerga bordim. Hatto "Koon-et-ee-kut" nomi ham madridlik bolakay uchun g'alati eshitilardi. Lekin etib kelganimdan so'ng xuddi Gollivud filmiga qadam qo'yayotgandek bo'ldim. Bolalar ulkan ko'l bo'yida lagerga borishadi, u erda yog'och kanoelar bor. Siz daraxtlarga tirmashib chiqasiz, chodirlarda uxlaysiz, tayoqlarni bir-biriga ishqalagancha olov qasiz. SHunaqa filmlarni bilasizmi? Men borgan muhitda bularning barchasi mujassam edi. U erda zefir qandolati va pechene bilan tamaddi qilasiz. Olov qarshisida, shokolad bilan birgalikda...

Aql bovar qilmaydi.

Hech qanday telefon yo'q. Wi-Fi aloqasi yo'q. Men yangi mamlakatda yolg'izman, do'stlar orttirishga harakat qilaman. - Salom, men Rodrigoman. Men madridlikman. (Atrofimdagilar allaqachon qiqirlashni boshlab yuborishadi, ularning kulgisi qulog'imga chalinadi.) Men har doim inglizcha talaffuzda qiynalib: "Yigitlar, qachon futbol o'ynaymiz?" deb so'rardim.

- Rodrigo. Keyinroq o'ynaymiz. Hozir esa "Pigskin" to'pini bir-birimizga oshiramiz. 

Men bu qanday o'yin ekanligi to'g'risida o'yga botaman.

- Qani, og'ayni. Amerika futbolini bilasanmi?

Ochig'ini aytsam, o'yin menga yoqib qoldi. Bu mashg'ulot juda qiziqarli edi.

Ammo men bir gapni takrorlayverardim: "Kelinglar, yigitlar, futbol o'ynayqolalik"

- Fotbil? Biz fotbil o'ynayotganimiz yo'q, og'ayni.

Eng yomoni, men u erga 2010 yilgi jahon chempionati boshlanishi arafasida borganman. Men hatto internetni tekshira olmasdim, shu bois iztirobda edim. Ammo asosiy palata ofisida kichik kompyuter bor edi va har kuni lager tarbiyachilaridan o'yinlarda qaysi jamoa g'olib chiqqanini aytib berishini so'rardim. Yodingizda bo'lsa, Ispaniya birinchi o'yinda SHveycariyaga yutqazdi. O'shanda ular meni kalaka qilishyapti, deb o'yladim.

- SHveycariya g'alaba qozondi? Hazillashmayapsizmi? Google orqali to'g'ri qidiruv berganingizga aminmisiz?

Vaqt o'tgan sayin Ispaniya yaxshiroq o'yin namoyishni etishni boshladi. Pley-off bosqichida g'alabalar davom etdi. Germaniyaga qarshi yarim final payti qayiq sayr qilayotgandik. Men bosh tarbiyachidan doimiy ravishda so'rayverardim: "Iltimos, iltimos qilaman, hisobni bilib bera olasizmi?"

Nihoyat, biz kayutaga qaytib keldik va kimdir menga: "Ispaniya finalda," dedi.

Men hech qachon o'zimni uydan shunchalik uzoqda his qilmaganman, lekin ayni paytda qancha uzoqda bo'lsam, shunchalik yaqin edim, nima demoqchi ekanligimni tushungandirsiz.

Bosh tarbiyachidan finalni uning kompyuterida tomosha qilishga ruxsat berishini iltimos qildim. U "Mayli, albatta" dedi. Keyin u bir kompyuterni olib chiqdi, ekrani atigi 10 dyuym ekan. O'sha kichkina noutbuklarni eslay olasizmi? Xuddi o'shalardan biri edi. Juda kichkina. Ichimda o'yladim: "Juda soz. Menga baribir. Tomosha qilishga ruxsat bersa bo'lgani".

Qanday qilib buni uddalaganimizni bilmayman, chunki biz o'rmon o'rtasida edik, lekin men qonuniy bo'lmagan biror strimni topgan bo'lsam kerak. SHunday qilib, atrofimda bo'layotgan voqealarga qiziqmayotgan amerikaliklar qurshovida final translyaciyasini tomosha qildim.

Inesta gol urganida, qichqirib yubordim va tashqariga yugurib chiqib, ko'l atrofida yugura boshladim.

"Vaaaamoooooosssss!!!!!!!!!! Aaaahahhhhhhhhh ¡¡¡¡¡xaxaxaxaxaxaxa!!!! Yashasin Ispaniya!"

Amerikaliklar meni jinni bo'lib qolgan deb o'ylashdi. Ular menga hayron bo'lib qarashardi: "SHoshma-shoshma, nahotki futbolni deb ko'zyosh to'kayotgan bo'lsang?"

Ular bu men uchun qanchalik muhimligini tushunisholmasdi. Ular meni aqldan ozgan deb o'ylashardi. Ehtimol, rostdan ham jinni bo'lib qolgandirman...


Butun hayotim davomida men shu ikki dunyo o'rtasida yashadim. Biri futbol, ikkinchisi "real dunyo".

Bazan o'rtoqlarim meni oddiy, sodda sifatli bo'lganim uchun kalaka qilishadi. Qiziq, agar xotinimdan yoki hatto onamdan so'rasangiz, ular meni oddiylikdan yiroq odam deb aytishadi. Futbolga kelsak, men bu sport turiga mukkasidan ketganman. Oddiyligim shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda faol emasman yoki 400 funt sterlinglik krossovkalarga etibor bermayman. Bolaligimdan beri men faqat bir tuyg'u ortidan quvib kelayapman.

Men Ferrari sotib olish uchun futbolchi bo'lishni xohlamaganman. Yo'q, asosiy sabab yashil maydondagi qahramonlarimning harakatlari menga o'zgacha hissiyot bag'ishlagan. Esimda, men besh yoshda edim, mahallimizning o'rtasida umumiy hovuz va kichkina bog' bor edi. Yozda kun tartibimiz shunday edi: futbolga, hovuzga, yana futbolga, so'ngra hovuzga. Tushlik payti uyga jo'nardik. Keyin yana cho'milishga oshiqardik. Uyoqdan chiqib bog' tomon yo'l olardik.

10 yashar paytim, agar biror o'yinda yaxshi o'ynay olmasam, kun davomida ota-onam bilan gaplashmasdim. O'zimdan juda xafa bo'lardim. Onam menga qarab: "Unga nima bo'ldi o'zi? Bu shunchaki o'yin-ku", derdi.

Lekin men uchun bu narsaga ruju qo'ygandim. SHuning uchun yoshligimdan ota-onam bilan kelishib olganman. Ehtimol, biz bu haqda hech gaplashmaganmiz ham. Bu shunchaki "o'z-o'zidan tushunish" edi. Yani, futbolchi bo'lish orzumni ro'yobga chiqarmoqchi bo'lsam, albatta, universitetda ham tahsil olishim kerak edi. SHunday qilib, 17 yoshimda Madriddan Vilyarreal shahriga ko'chib ketdim va bir vaqtning o'zida Jaume universitetiga o'qishga kirdim. Birinchi yili men "Vilyarreal" akademiyasining yotoqxonasida jamoadoshlarim bilan yashadim. Ammo 18 yoshga to'lganingizda, sizni "katta" deb hisoblashadi va o'zingizga alohida uy topishingiz kerak bo'ladi.

Onamdan shunday fikr chiqhdi: "Nega universitetdagi talabalar turar joyiga ko'chib o'tmaysan?"

- Mayli, shunday yo'l tutaman.

Menimcha, Buyuk Britaniyada ham xuddi shunday - siz umumiy kirxona, dush xonalari va oshxonasi bo'lgan katta turar-joy majmuasida yashaysiz, u erda eshiklar ketma-ket joylashgan. Barcha qo'shnilar yonma-yon yashaydi. Sizning kichik xonangizda yog'och karavot va yog'och stol bor. Menda televizor ham, PlayStation ham yo'q edi. Faqat noutbuk bor edi, xolos. Ertalab "Vilyarreal"dagi mashg'ulotlarga borardim, tushdan keyin darslarga qatnashardim, kechqurun esa...

Kechasi juda qiziq bo'lardi, chunki bu o'z nomi bilan universitet edi-da. Juma kuni kechqurun hamma klubga boradi. Lekin avval "tayyorgarlik" bo'lardi. Talabalar kichkina xonalarda musiqa qo'yib, pivo ichishardi. Bir xonada yigirmatacha odam bo'lardi - kimdir karavotda, kimdir polda, umuman olganda, hamma joyda yoshlar o'tirishadi. Men ham o'sha talabalar orasida bo'lardim - ular hatto mening futbol o'ynashimni bilishmasdi ham - shu bois klubga borish fursati etguncha biroz aylanib yurardim. Keyin esa g'oyib bo'lardim.

Nihoyat, kimdir: "Rodrigo, nega sen hech qachon biz bilan birga chiqmaysan? Qani, yur endi" dedi.

Men ularga: "Axir men futbolchiman. Ertalab mashg'ulotim bor" deb aytishimga to'g'ri keldi.

"Zerikarli-i-i-i. Juda zerikarli, og'ayni."

Ular meni shu gapim uchun rosa masxara qilishdi.

O'sha paytda men hali ikkinchi jamoa bilan mashg'ulot o'tkazardim. U erda men hech kim emasdim. Hatto mashinam ham yo'q edi. Talabalar yotoqxonasi "Vilyarreal" mashg'ulot markazidan 15 daqiqalik masofada joylashgandi va men har kuni taksi uchun pul to'lay olmasdim. SHu bois velosipedda tramvay bekatiga borardim - velosipedni tramvayga olib chiqardim - keyin esa qolgan yo'lni velosipedda bosib o'tib, mashg'ulotlarga etib borardim. Oxir-oqibat haydovchilik guvohnomasi oldim va otamga aytdim: "Ota, mashina sotib olish uchun 3000 evro pulim bor. Menga shunga yarasha ulov topib bera olasizmi?"

Ertasi kuni u menga yana qo'ng'iroq qildi: "Xo'p, yaxshi variantni topdim. Bir kampir mashinasini sotayotgan ekan. To'rt ming so'rayapti, lekin ichida monitori bor".

Men hayron bo'lib: "Voy. Monitor bilan? Bu juda yaxshi taklif ekan", dedim.

U menga mashinani olib keldi. Opel Corsa ekan. Men mashinaga o'tirganimda, "monitor" atigi 8 santimetr ekanligini ko'rdim. Uni bosib, faqat radioni yoqish mumkin edi, xolos. Men hayratda qoldim. Har kuni shu mashina bilan mashg'ulotlarga borar edim, xuddi o'zimni katta futbolchidek his qilardim. Jamoadoshlarim meni masxara qilishsa ham, menga baribir edi! Men undan zavqlanardim!

Keyingi yil La Ligada ilk bor maydonga tushdim, maktabdagi do'stlarim bunga ishonolmay qolishdi. Ular menga televizorda o'yin ko'rayotganlarini va qo'qqisdan tanish yigitcha ekranda paydo bo'lganini aytishdi. Ularning buxgalteriya darsidagi o'sha yigitcha 6-raqamdagi futbolchi bo'lib chiqdi.

Ular rostdan ham men ekanligimga ishonisholmasdi.

"SHoshma, bu chindan o'sha yigitmi?"

"Google'dan qidirib ko'r".

"Yo'q, bu o'sha Rodrigo bo'lishi mumkin emas. Bo'lishi mumkinmas. Rodrigolar ko'p bo'lsa. Ekranda ko'rganimiz boshqa biri bo'lsa kerak".

Televizorda futbol kiyimida bo'lganingizda boshqacha ko'rinasiz, shunday emasmi? Ehtimol, men jiddiy qiyofada edim.

SHuning uchun ularning bazilari: "Yo'q, yo'q, bu yigitcha ekranda ko'rganimiz emas," degan fikrga qatiy ishonishardi.

Keyin men ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'la boshlaganimda, ekranda ko'rayotganlari haqiqatan ham men ekanligimni tushunishdi: "Ey, bu erda nima qilib yuribsan o'zi? Kecha kechqurun "Barselona"ga qarshi o'ynaganingni ko'rdik-ku!" deb hayron bo'lishardi.

Ispaniyada biz Comunio degan o'yinni o'ynaymiz. Bu xayoliy futbol o'yiniga o'xshaydi, unda o'yinchilarni sotib olib, o'z jamoangizni boshqarasiz. Talabalar turar joyidagi hamma shu o'yinni o'ynardi. Bazida shanba kuni kechqurun o'yindan so'ng uyga kelardim, ular bir-ikki qadah pivo ichib o'tirgan bo'lishardi-da: "Og'ayni, qani ayt-chi! Bugun nima bo'ldi o'zi? Menga Comunioda atigi 3 ochko berding xolos!!! Nima bo'ldi o'zi???" deb so'rashardi.

Xa-xa-xa. "Uzr! Kechirasizlar!"

Bu yillar hayotimning eng quvnoq davri edi. Sababini bilmayman-u, lekin universitetga qaytganimda, miyam go'yo boshqa olamga "ko'chib o'tardi". Maktab menga futbolning bosimini to'g'ri idrok qilishga yordam berardi. Yana bir ajoyib narsa shundaki, men bo'lajak rafiqamni talabalar turar joyida uchratdim. U tibbiyot yo'nalishida o'qiyotgan edi. U mening futboldagi tashvishlarimga mutlaqo etibor bermasdi. U "Selta" bilan durang o'ynaganimiz haqida eshitishni ham xohlamasdi.

U doimo meni "erga qaratib qo'yardi".

"Hoy, tinchlan, xo'pmi? Bosiqroq bo'l. Bu shunchaki futbol-ku".

O'qituvchilarimning nazarida men shunchaki bir o'quvchi edim. Ispaniyada universitet - bu universitet. U erda o'z ustida ishlash kerak. SHunday ekan, kichkina xonamda noutbukim bilan o'tirganimda, qilayotgan ishimga shu qadar berilib ketardimki, atrofimdagi hamma narsani butunlay unutib qo'yardim. Bir kuni imtihonga tayyorgarlik ko'rayotgandim chog'i, telefonim ovozsiz rejimda edi. Birdan tanaffus qilib qarasam, 20 ta SMS, 50 ta WhatsApp xabari, 10 ta javobsiz qo'ng'iroq bor ekan. O'zimga o'zim: "YO rabbiy, biror kishi vafot etdimi? Nima bo'ldi o'zi?" deb o'yladim.

Jamoadoshim qo'ng'iroq qilmoqda. Telefonni ko'tardim.

"Rodri, qaerdasan?"

"Qaerda bo'lardim? SHu erdaman. Universitetdaman."

"Murabbiy seni qidiryapti. Hamma seni izlayapti."

"Nimalar deyapsan o'zi?"

""Valensiya"ga qarshi o'ynayapmiz. Hammamiz avtobusda o'tiribmiz."

Ular meni laqillatyapti deb o'yladim.

"Qo'ysang-chi, o'yin ertaga bo'ladi-ku..." dedim.

YO Xudoyim! Yo'q. Bilasizmi, tushingizda maktabdagi imtihonni unutib qo'ygan holatingiz qanday bo'lishini bilasizmi? Xuddi shunday holat men bilan yuz berdi, faqat bu tush emas, balki haqiqat edi. Va bu maktab emas, La Liga edi.

Men: "Mayli, avtobusni jo'natavering. Men sizlarni mehmonxonada uchrataman," dedim.

Rostdan ham, kiyimlarimni iloji boricha tezroq kiyib, mashinamga qarab yugurdim va ko'chalarda Opelimda xuddi Jeyms Bonddek uchirib ketdim. Valensiyadagi mehmonxonaga etib borish uchun bir soat kerak edi. U erga etib borganimda, ular yig'ilish o'tkazishayotgan edi, men esa xuddi "uyga vazifani bajarmagan o'quvchidek" ko'rinishda kirib bordim.

Ammo bu bahona futbolda ham o'tmaydi.

O'sha kuni men batamom mag'lubiyatga uchradim, lekin bunga loyiq edim. Bu men uchun katta saboq bo'ldi, chunki ikki tarafni muvozanatga keltirishim kerakligini anglab etdim.

Safarimning har bir bosqichida muvaffaqiyatsizliklar orqali o'rgandim va yangi narsalarni o'zlashtirib bordim. "Vilyarreal"da men professional bo'lish nimani anglatishini o'rgandim. Nafaqat futbolchi, balki haqiqiy professional bo'lishni o'rgandim.

Bir mavsumga "Atletiko"ga qaytganimda, raqobatbardoshlik aslida nimani anglatishini tushunib etdim. "Vilyarreal"da o'ynaganimda, to'pni oyoqda boshqarishda juda yaxshi edim, ammo hali biroz uquvsiz edim. Diego Simeone qo'l ostida maydonda qatiy va biroz shafqatsiz bo'lishni o'rgandim. Aniqrog'i, chinakamiga kurashishni, to'qson daqiqa davomida raqib jamoani azoblashni o'zlashtirdim. Bu ham muhim tajriba bo'ldi.

Keyingi yozda “Siti”ga o'tish imkoniyati paydo bo'lganda, bu men uchun orzu edi. Ko'chishga rozilik berishdan oldin Serxio Buskets bilan gaplashgandim va u menga shunday dedi: "Pep Gvardiola? U seni yaxshiroq futbolchiga aylantiradi. Ammo u seni hech qachon, hech qachon, hech qachon oldinga undashdan to'xtamaydi. Sen hech qachon oxirgi pog'onada to'xtab qolmaysan".

Serxio ham Pep bilan ishlagan va juda ko'p ajoyib yutuqlarga erishgan, shuning uchun men uning so'zlariga to'liq ishonardim. U mutlaqo haq edi. Mening nazarimda, Pepning noyobligi shundaki, u doim bir qadam oldinda yurardi. U atrofidagi o'yin rivojlanishidan avval o'zi doimo takomillashib boradi. U hech qachon o'tgan mavsumda o'ynaganimiz kabi o'yinni aynan saqlab qolish bilan qanoatlanmasdi, chunki raqiblaringiz har doim o'tgan mavsumni tahlil qilishadi. Bir joyda turib, ketma-ket to'rtta Premer-liga chempionligini qo'lga kirita olmaysiz. YO o'zingizni qaytadan kashf etasiz, yo mag'lubiyatga uchraysiz.

Bilasizmi, Pep haqida gapirganımda, doimo qo'llarim bilan ifodalashim kerak. Xuddi u qilganidek, men stol, taxta yoki biror narsa topib, qahva finjonlarini shaxmat taxtasidagi donalar kabi harakatlantirishim kerak.

"U bu erga boradi, keyin u erga boradi, va keyin - tep! Sen esa bu erga o'tasan. Bo'sh joyga. Va tepasan!"

U jumboqning oxirgi bo'lagini aynan joyiga qo'ya oladi. O'yinni boshqacha "ko'rish" imkonini berdi. U "his qilish" - qachon maydonda harakat qilish, qachon o'zini tutib turish kerakligini o'rgatdi. Qachon bosim o'tkazish, qachon bo'shashtirish kerakligini o'rgatdi. Uning ishonchi men uchun juda muhim edi, chunki 2019 yilda bu erga kelganimda, Fernandino, Aguero, David Silva, Kevin De Bryuyne kabi futbolchilar bilan bir kiyinish xonasiga kirayotganimni unutmasligingiz kerak. Afsonalar. Men 12 yoshligimda Aguero "Atletiko"da o'ynayotgan paytlarda mashg'ulot maydoniga borib, uni kuzatardim. U mening qahramonlarimdan biri edi. Hozir esa uning yonida, xuddi shu kiyinish xonasida o'tiribman? Bu ajoyib tuyg'u edi.

Aguero va Otamendi meni doim masxara qilishardi - nafaqat kiyinishim uchun, balki har bir o'yindan so'ng avtobusda xotinim bilan FaceTime orqali gaplashganim uchun ham. Men futbolchi, u esa shifokor bo'lgani sababli, ko'p yillar davomida uzoq masofali munosabatga ko'nikishimizga to'g'ri keldi. Uzoq masofada bo'lganingizda nima qilasiz? Albatta, FaceTime orqali gaplashasiz. Men g'alaba qozonsak ham, mag'lub bo'lsak ham, har bir o'yindan so'ng unga qo'ng'iroq qilardim. G'alaba qozonganimizda muammo bo'lmasdi, chunki jamoadoshlarim shovqin-suron ko'tarib, nishonlashardi va meni payqamasdi. Ammo yutqazganimizda ham, men o'zimni odatdagidek tutardim. Hech qanday xavotirsiz gaplashardim. Xotinim bilan suhbatlashganimda, xuddi universitetga qaytgandek bo'lardim. SHunday qilib, avtobusda hamma jim, boshlarini egib, tushkunlikka tushgan bo'lsa-da, men baland ovozda: "Ha, to'g'risini aytsam, bugun biz biroz yomon o'ynadik. Ha, durang o'ynadik. Ha, jahlim chiqdi... Xo'sh, sening kuning qanday o'tdi?" deya gapirardim.

Birinchi marta, Aguero va Otamendi meni chetga tortib, shunday deyishdi: "Ey, sen avtobusda bunday gapirmasliging kerak! Pep eshitib qolishi mumkin! Suhbatlaring hammaning qulog'iga chalinyapti!"

Ammo har bir o'yindan so'ng unga albatta qo'ng'iroq qilardim. Hech qanday yashirincha gap yo'q edi.

"Ha, bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Biz g'alaba qozondik, lekin men unchalik yaxshi o'ynamadim. Netflix ko'ryapsanmi? Nima eyapsan?"

Biz xuddi ikki o'smirga o'xshardik. Hammaning g'ashi kelardi. Ular mendan telefonni tortib olishga urinishardi: "U senga keyinroq qo'ng'iroq qiladi! Go'shakni qo'y! Hozir u ketishi kerak! Xayr!"

Suratlarimiz chiqib ketgandan keyin, maktabdagi do'stlarim menga shunday xabar yuborishardi: "Qo'ysang-chi, og'ayni. Rostdan ham shunaqami? Bu nima bemanilik? Sen kitob o'qishni yoqtirmasding-ku! Sen ko'rimsiz yigit emassan!"

Ijtimoiy tarmoqlarda ko'rgan narsangizga doim ham ishonib ketavermang! Aslida, haqiqat har doim murakkabroq bo'ladi.

So'nggi bir necha yil davomida "Siti" bilan ko'p muvaffaqiyatga erishdik, lekin bu haqiqiy hayot emas. Yaxshi paytlarda hech narsa o'rganmaysiz, faqat rohatlanasiz. Yomon paytlarda, chinakamiga azob chekayotganingizda, aslida o'sib-ulg'ayayotgan bo'lasiz. Yodimda, 2021 yilgi CHempionlar ligasi finalida "CHelsi"ga yutqazganimizdan so'ng, oilam yoniga qaytib keldim. Ota-onam hamda aka-ukalarimni ko'rganimda, tilim kalimaga kelmadi. Xuddi o'n yoshli boladek, oshxona stolida o'tirgandek his qildim o'zimni. Biror so'z ayta olmasdim. SHunchaki, bu tuyg'uni boshqa hech qachon his qilishni istamasdim. Men ko'proq mehnat qilishim kerak edi. Yaxshiroq bo'lish yo'lini topishim shart edi. Hozir biz chempion bo'lib, dunyoning yuqori cho'qqisida turganimizda, hech kim mendan 2021 yildagi o'sha lahza haqida so'ramayapti. Ammo bu voqea hayotimdagi eng muhim lahzalardan biri bo'lsa kerak. Har bir yaxshi lahza ortida bir umrlik mashaqqatli kurash va tajriba yotadi.

Hatto 2023 yildagi CHempionlar ligasi finalida gol urganimda ham bu "o'ylangan reja" emasdi. Bu 20 yillik futbol tajribamdan, bog'da o'ynagan paytlarimdan qolgan hissiyot edi. Bernardu to'pni uzatishidan bir soniya oldin men jarayondan ancha uzoqda edim. Televidenieda hatto meni ko'rishning imkoni bo'lmasdi. To'pning menga kelib tushish ehtimoli yo'q edi. Men joyimda turishim kerak edi. Ammo men jarima maydoni tomon bir qadam tashladim. Nima uchunligini bilmayman. Men bu haqda o'ylamagandim. CHunki Bernardu olisdan to'pni uzatganida, 10 tadan 9 tasi, balki 100 tadan 99 tasi menga etib kelmasdi.

Lekin ichki ovoz menga: "Bu safar o'sha bitta uzatma etib keladi" dedi.

Men oldinga bir qadam tashladim. To'p yo'nalishi o'zgartirildi. Agar shu bir qadamni tashlamaganimda, kech bo'lardi.

To'p menga tomon kelayotganini ko'rdim.

Va men sizga xayolimdan o'tgan hamma narsani aytib bera olaman:
Nima qilishim kerak?
Mana, to'p keldi. Endi nima qilaman?
Kuchli zarba yo'llayman - bum.

Bu bir zumda, ko'z ochib yumguncha sodir bo'ldi. To'p darvozaga kirgach, men yugurdim va muxlislarimiz qarshisida tizzamda sirg'anib bordim. Keyin eslayman, birinchi fikrim shu bo'ldi: 20 daqiqa. Yana 20 daqiqa. Jin ursin. Buncha uzoq bo'lmasa.

Bu 6-raqamli o'yinchining fikrlash tarzi.

Biz o'sha 20 daqiqa azob chekdik, keyin yakuniy hushtak chalindi. Bu men butun umrim davomida quvib kelgan tuyg'u edi. Men his qilgan quvonch gol urganim bilan sira bog'liq emasdi. Bu jamoa bo'lib 90 daqiqa mehnat qilib, g'alaba qozonish tuyg'usi edi. Bu erga kelganimdan beri meni qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimiz uchun trebl qayd etish tuyg'usi edi. Bu "Manchester Siti" sharflarini taqib olgan bolalarning yuzidagi tabassumni ko'rish tuyg'usi edi. Oila azolarimni bag'rimga bosib: "Biz buni uddaladik!" deyish tuyg'usi edi.

Mana shu - ruju qo'yish deyiladi. SHuning uchun ham futbol o'ynaysiz.

Evropa chempionatida ham xuddi shunday bo'ldi. Bu men uchun qandaydir o'zgacha edi, chunki turnirning ikkinchi yarmini chetdan kuzatishimga to'g'ri keldi. Turnir boshlanishidan oldin o'zimga ko'proq etakchi bo'lishni vazifa qilib qo'ydim. Men jamoadagi eng kattasi emasman, lekin bizda yangi avloddan bo'lgan juda yosh (Juda yosh! Dahshatli darajada yosh!) o'yinchilar bor edi va men ularga bunday katta lahzaning bosimida yordam bera olishimni his qildim. Lamin va Nikoning bu yozda erishgan yutuqlari haqida o'ylasam, juda xursand bo'laman. Butun mamlakatingiz kuzatib turgan paytda shunday lahzalarda - 17 yoshda, 22 yoshda - g'olib bo'lish aql bovar qilmaydigan ish sanaladi. Agar ular mening bu yoshim qanday yashaganimni bilishsa, ehtimol, hayratdan yoqalarini ushlagan bo'lishardi.

85-daqiqada gol urganimizda, Mikel Oyarzabal tomon yugurdim. Vatan libosida g'alaba qozonsangiz, bu boshqacha tuyg'u bag'ishlaydi. Men o'tmishimni yodga oldim: hovuzda suzganim, so'ngra bog'da o'ynaganim, keyin yana hovuzga qaytganim. Mashg'ulotga borish uchun velosipedimni tramvayga olib chiqqanim... Konnektikutdagi o'rmonda yugurib, biz jahon chempionatida g'olib chiqqanimizda quvonch ko'z yoshlarini to'kib yurganim...

Siz nafaqat bir shaharni, balki butun mamlakatni baxtli qilganingizni anglab etasiz. Qanchadan-qancha turli odamlar, ko'plab avlodlar, ushbu quvonchni birinchi marta boshdan kechirayotgan butun boshli yangi avlodni quvontirasiz. Lamin Franciyaga qarshi o'yinda gol urgan tunda qanchadan-qancha bolalar ko'chalarda xursandchilikdan yugurishdi? Yoki Mikel Angliyaga qarshi o'yinda gol urganida-chi? Minglab, millionlab bolalar shodlanishdi.

"Xaxaxaxaxaxaxaxa!!!! Yashasin Ispaniya!"

Men bu tuyg'uni yaxshi bilaman. Kitoblar, iqtisodiyot va buxgalteriyaga hurmat bildiraman... Faqat birgina narsa yurakka shunday tasir qila oladi. Buni faqat futbol baxsh eta oladi.

Ota-onamiz bizni o'qishga majbur qilgani uchun Xudoga shukur.

Xudoga shukrki, futbol bizni orzu qilishga undaydi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

+2   
08 noy 11:01:13
Usoma bin Fayyoz
Futbolnı yaxshı köruvchı samımıy yıgıt
+1   
08 noy 22:05:18
MIRZAYEV O'KTAMJON
Arsenal london drujba foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxta qo'yishni boshladi admin.
Heytr larga esa alam qilishni boshladi...
   
26 noy 19:44:11
Arsenal london drujba
MIRZAYEV O'KTAMJON foydalanuvchining fikriga javob berish
Hadeb real, barsa futbolchilari oltin to'p olaveradimi? Undan ko'ra real futbolchilarini taqdimot marosimi deb qo'yaqolsin tashkilotni. Yamal, pamal degallar bulan ishim yo'q. YARATGAN ni o'zi zo'r. Bandasi sababchi va ojiz. Arsenal muxlisi bo'lsez Man sity ni yomon ko'rishiz babi'iy xol
Hop sizni fikrizmi tushundim. Qarang siz butun O'zbekiston nomidan ovoz bermoqchi bo'lsangiz ovoz yog'ish uchun muxlislarni fikrini inobatga olasizmi yoki o'zingiz O'zbekiston nomidan va O'zbek futboli muxlislari nomidan ovoz berasizmi? Anavi ...... chempionat asia jurnalisti butun O'zbekiston nomidan Rodriga ovoz bergan. 2 mavsum ko'p kubok yutdi deyapsiz nega unda o'tgan yili hech narsa tutmagan messiga berildiyu Rodri yoki Holandga berilmadi oltin top. O'tgan yili ko'rinmay qoldilaringku o'sha paytda qayerda edingiz?
   
09 noy 13:29:55
MIRZAYEV O'KTAMJON
Arsenal london drujba foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким зур уйнаганини хамма билли уже
Arsenal chempion bo'la olmayotgani uchun Man sityni yomon ko'rsez kerak. Arseanal xal qiluvchi o'yinlarda oddiy kamandalarga yutkazib achko yo'qotib va chempion bo'la olmasaan sityni, Rodrida nima ayb?
   
09 noy 13:25:40
MIRZAYEV O'KTAMJON
Arsenal london drujba foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким зур уйнаганини хамма билли уже
Modrich oltin to'pni olgan mavsumdan ko'ra Rordi ko'proq go'l va asist qilgan. Ishonmasez o'ziz aidirib tekshirib ko'ring! Hadeb kom zo'rligini hamma biladi deb ming'ir - ming'ir qilmasdan.
   
09 noy 13:19:56
MIRZAYEV O'KTAMJON
Arsenal london drujba foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким зур уйнаганини хамма билли уже
Kim zo'rligini hamma biladi? Rodri yevropa chempionatida eng yaxshisi bo'ldi, va oxirgi ikki mavsum ichida man sity bilan yutmagan kubigi qolmadi. Vinisuis avval fel - atvorini o'nglasin. U qilgan ishni o'tgan mavsum Holland oshig'i bilan bajardi lekin unga oltin to'p berilmadi. Ovoz berilganda o'z klubi va terma jamoasi bilan erishgan yutuqlar xisobga olinadi.
   
09 noy 13:14:29
MIRZAYEV O'KTAMJON
Arsenal london drujba foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким зурлигини хамма билиб булди. Сиз Реални ёмон курсангиз керак. Агар бу жойда Ямал булганида курардик кандай реаксияда еканлигингизни
Hadeb real, barsa futbolchilari oltin to'p olaveradimi? Undan ko'ra real futbolchilarini taqdimot marosimi deb qo'yaqolsin tashkilotni. Yamal, pamal degallar bulan ishim yo'q. YARATGAN ni o'zi zo'r. Bandasi sababchi va ojiz. Arsenal muxlisi bo'lsez Man sity ni yomon ko'rishiz babi'iy xol
   
09 noy 09:19:28
Arsenal london drujba
MIRZAYEV O'KTAMJON foydalanuvchining fikriga javob berish
Heytr larga esa alam qilishni boshladi...
Ким зурлигини хамма билиб булди. Сиз Реални ёмон курсангиз керак. Агар бу жойда Ямал булганида курардик кандай реаксияда еканлигингизни
   
09 noy 09:19:28
Arsenal london drujba
MIRZAYEV O'KTAMJON foydalanuvchining fikriga javob berish
Heytr larga esa alam qilishni boshladi...
Ким зурлигини хамма билиб булди. Сиз Реални ёмон курсангиз керак. Агар бу жойда Ямал булганида курардик кандай реаксияда еканлигингизни
-1   
09 noy 09:15:46
Arsenal london drujba
Ким зур уйнаганини хамма билли уже
-1   
08 noy 04:37:35
Arsenal london drujba
Paxta qo'yishni boshladi admin.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика