So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  7 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Mirjalol Qosimov: "SHubhasiz, chempionatning yakuni qiziqarli bo'ladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "SHubhasiz, chempionatning yakuni qiziqarli bo'ladi"

Superliganing 24-turi doirasidagi OKMK hamda "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng (2:2) mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin qiziqarli bo'ldi. Muxlislarimizni xursand qilish uchun ham g'alaba qozonmoqchi edik. Oxirgi vaqtlarda bizga pand berayotgan jihat, vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik tufayli ochko yo'qotdik. Birinchi bo'limning o'zida 5-6 ta yaqqol vaziyatlarimiz bor edi va o'yinni hal qilishimiz mumkin edi. SHu narsa bizni qiyin vaziyatda qoldirdi. Nima ham deymiz, buning ustida ishlaymiz, bu futbol.

Agarda maydonda o'yin ko'rsatmay durang o'ynaganimizda boshimizni devorga ursak bo'lardi. Hayot davom etadi. Albatta, o'yinni qayta ko'rib chiqamiz, yanada ko'proq ishlaymiz. 


O'z o'rnida, "Olimpik" jamoasi ham yaxshi harakatlanganini takidlash lozim.

SHubhasiz, chempionatning yakuni qiziqarli bo'ladi. 

Albatta, ikkinchi o'rin uchun hali imkoniyat bor. Biroq aytib o'tganimdek, yaratayotgan vaziyatlarimizdan foydalanish darajasi juda past. Menimcha, biz ham shundoq ikkinchi o'ringa chiqib qolmaganmiz yoki musobaqani 40 ochko bilan boshlamaganmiz-ku. SHuning uchun ham, avvalo, muxlislar uchun o'ynashda davom etamiz. CHiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Bugungi bahs uchun ulardan uzr so'raymiz. Futbolda durang va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi. Ishonaman, g'alabalar keladi", - dedi Mirjalol Qosimov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика