So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  1 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  5 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

Vadim Abramov: "Futbol bizni jazoladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Futbol bizni jazoladi"

Superliganing 24-turi doirasida "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berilganidan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Mag'lub bo'lish alamli. Yana o'z maydonimizda, so'nggi daqiqalarda... G'alabani istagandik. Futbol bizni jazoladi. Hisobda oldinda borayotgan paytimizda ikkinchi golni ham urishimiz kerak edi. Keyin bizning foydamizga bo'lgan qaror chiqarildi. Gol urmaganimizdan keyin qabul qilib oldik. Hisob 1:1 paytida ham gol urishimiz mumkin bo'lgandi. Lekin javoban bizning darvozaga to'p kirdi. Futbolda bo'lib turadi. Raqiblarni g'alaba bilan tabriklayman", - dedi Vadim Karlenovich.

- Bugun jamoa o'yinida ko'plab noto'g'ri paslar bo'ldi. Buning sababi nimada? SHuningdek, Anvar Hojimirzaevning almashtirilishi sababini ham aytsangiz.
- O'yin yakunida u ortga qaytmay qo'ydi. Bizda esa himoyada ishlar ko'paygandi. CHapda o'ynagan yosh bolakay futbolchimiz doim ikki raqibiga qarshi o'ynadi. Uning qanotini kuchaytirishni istadik. SHuningdek, Anvarda kuch qolmagani ko'rinib turgandi.

Paslar? Ayrim futbolchilar bugun o'z poziciyalarida o'ynamadilar. Bugun qaydnomada 19 futbolchi bo'lgan bo'lsa, zaxiraga jarohatlangan futbolchilarni ham qo'shishga majbur bo'ldik. Mana tanaffus yuzaga kelmoqda. Balki barcha sog'ayib safga qaytar.

- Ratino va Salim Mustafoevning tarkibda bo'lmagani nima bilan bog'liq?
- Ularda jarohat bor edi. Ularning bugun maydonga tushishini kutgandik. Lekin bunday bo'lmadi. Ratino davolanishda davom etmoqda. 

- So'nggi o'yinlarda jamoada ishtiyoq yo'qdek ko'rinmoqda
- Ko'ramiz. Hozir bu haqda gapirish juda qiyin. Futbolchilar biroz dam olishlari kerak. Bugun g'alaba qozonishga harakat qildik, ko'rdinglar. Vaziyatlar golga aylanmadi. Mavsumni yaxshi xissiyotlar bilan yakunlamoqchimiz.

- Hislat Halilovning goli haqida. Siz unga har doim uzoqdan tep ko'rsatma berasizmi yoki bu o'zining kreativligimi?
- Bu uning qobiliyati. Har o'yinda shunday gol ur deb ayta olmayman. Bunday zarbalar unda doimo o'xshaydi. Bu unda tabiiy qobiliyat. Bu borada uni shug'ullantirish shart emas.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика