So’nggi yangiliklar

09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  4 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  9

Farhod Nishonov: "Jahon chempionatiga chiqish yo'lida istalgan kuchli raqib bilan o'ynashga to'g'ri keladi" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Jahon chempionatiga chiqish yo'lida istalgan kuchli raqib bilan o'ynashga to'g'ri keladi"

Bugun 2025 yilgi U-20 Osiyo kubogining guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qura natijalariga ko'ra vakillarimiz Eron, Indoneziya va Yaman bilan bir kvartetdan o'rin oldi. Bu borada O'zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi Farhod Nishonov fikrlarini bildirdi.

"Qura omadli ham omadsiz ham keldi deb ayta olmayman. CHunki barcha jamoalar uchun raqiblar kuchli. Kuchli jamoalar bu bosqichga chiqishgan. Indoneziya termasi biz uchun syurprizga aylanishi mumkin. Ularning tarkibida mahalliylashtirilgan futbolchilar bor. Adashmasam o'tgan yil boshida Indoneziyaga borib, ularga qarshi o'ynaganmiz. O'shanda ularning qanday tayyorgarlik olib borayotganini ko'rganmiz. SHu sababli aytishim mumkinki, Indoneziya nafaqat biz, balki barcha uchun syurpriz bo'lishi mumkin. Yaman termasi haqida umuman malumotga ega emasman. Eronga keladigan bo'lsak, har bir yosh toifasida bizga ular asosiy raqib bo'lib kelgan. SHuning uchun Eronga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. 

So'nggi paytlarda biz ko'proq xohlayapmizmi yoki eronliklarmi, bilmadim, Eronga qarshi ko'p o'yin o'ynayapmiz. Nima bo'lsa ham bu bosqichdan o'tishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz - jahon chempionatiga chiqish. Bu yo'lda istalgan raqib bilan o'ynashimizga to'g'ri keladi. Xohlaymizmi yo'qmi, kuchli raqiblar bilan o'ynash shart. Ularni mag'lub etish uchun yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishimiz kerak. Ko'p narsa shunga bog'liq.

Endi o'ylab ish qiladigan vaqt keldi. CHunki bir oydan keyin chempionat yakuniga etadi va barcha futbolchilar damga chiqib ketadi. Fevral oyida esa chempionat qaytadi. Ushbu chempionatga biz barcha futbolchilarni yuqori darajada qaytarishimiz kerak. Biz ko'proq shu haqda o'ylayapmiz. Umuman olganda bu juda muhim jarayon",- deydi terma jamoamiz ustozi. 

 

Futbolchilarimizning katta qismi so'nggi paytlarda o'z klublarida o'ynashyapti, debyutlarini amalga oshirishyapti, o'zlarini ko'rsatishyapti. Bu esa bizni xursand qiladi. Bu yigitlarga to'liq ishonaman, hozir tarkibda jangchilar yig'ilgan. Ular vatanparvar, har bir o'yin masuliyatini yaxshi bilishadi. Xudo xohlasa maqsadimizga birgalikda erishamiz.

O'yinlarga oz vaqt qolmoqda. Bizda tez orada chempionat tugaydi. Futbolchilar ham odam, robot emas. Ular ham charchagan. Nafaqat jismonan, balki, ruhan ham. Yil oxiri bo'lgani uchun reja ishlab chiqadigan vaqt keldi. Kimlar bilan o'ynaymiz, qanday tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsad - fevral oyidagi chempionatga yuqori formada kirib borish. Bu borada bizni associaciya ham bizni qo'llab-quvvatlaydi. Xitoyda bizni jang kutmoqda deb bemalol ayta olaman. CHunki Osiyoning eng kuchli top-4 termasi ushbu bosqichdayoq o'zaro to'qnash keladigan bo'lib qoldi. Eron, O'zbekiston, Yaponiya, Koreya... Bizni haqiqiy janglar kutmoqda",- deydi Farhod Nishonov.


U-20 Osiyo kubogiga qura tashlandi. O'zbekiston Eron bilan o'ynaydi


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика