O'zbekiston yoshlar terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2025, 16:21
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Xitoydagi xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

Bahslar 12, 15 va 18-noyabr kunlari “Chengdu Sichuan” stadionida bo'lib o'tadi. Jamoamiz Osiyo kubogida Koreya Respublikasi bilan bir guruhdan joy olgani sababli, jamoalar o'rtasidagi o'yin mashg'ulot uchrashuvi maqomida o'tkaziladi. 


12 noyabr

Koreya R - O'zbekiston 

*mashg'ulot uchrashuvi


15 noyabr

O'zbekiston - Vyetnam 


18 noyabr

Xitoy - O'zbekiston

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz