So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  8 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Grigoriy Kolosovskiy: "Samvel Babayan klub boshqaruvida borligini ayta olishim mumkin" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Samvel Babayan klub boshqaruvida borligini ayta olishim mumkin"

Superliganing 24-turi doirasida "Lokomotiv" safarda "Dinamo" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin mehmonlar ustozi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Hayrli kech. Ikkala jamoa uchun qiyin o'yin bo'ldi. Yaratilgan vaziyatlarni hisobga olsak, ko'proq gollar bo'lishi kerak edi. Bizdagi ishtiyoq raqiblardagidan ko'proq bo'ldi va so'nggi daqiqalarda vabankka borishga majbur bo'ldik. Asosiysi - g'alabaga erishdik. Biz aynan ushbu ochkolar uchun kelgandik. Jamoa bilan gaplashamiz, biz har bir o'yinda so'nggi daqiqalargacha kurashamiz. 

- "Lokomotiv"ning ligada qolishiga imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Imkoniyatlar bor. Lekin raqiblar darvozasini ochib bermaydi. SHu sababli vaziyatdan chiqish yo'llarini izlash kerak. Buning uchun oldindagi ikki o'yinda g'alabaga erishib, o'zimizni erkinroq his qilishimiz kerak. O'zining munosib tarixiga, bir necha chempionligiga, o'z qadriyatlariga ega klub jamoasini ligada olib qolish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilamiz.

- Oldinroq turli manbalarda Samvel Babayanning jamoa bosh murabbiyligiga kelgani haqida malumotlar berilgandi. Bugun qaydnomada uni rasmiy shaxs sifatida ko'rdik. U jamoani boshqaradimi yoki Sizga yordam beradimi?
- Samvel Babayan klub boshqaruviga kelgani rost. U strategiyani tuzadi, taktikalar ham u boshchiligida qo'yiladi. U jamoani hozirgi holatidan olib chiqish yo'lida ishlamoqda. SHu sababli Samvel Babayan klub boshqaruvida borligini ayta olishim mumkin.

- Jamoaning bugungi uchrashuvda jonini berib kurashgani haqida nimalar deya olasiz?
- Ha, o'ylagan hamma narsalarimiz ham amalga oshmadi. Lekin yigitlar har bir to'p uchun kurashishdi. Barcha joylarda ham ustun bo'la olishmagan bo'lishsa-da, kuchli ishtiyoq evaziga g'alabani ilib ketishdi. Ayrim nuqtalarda funkciyalarni bajara oladigan futbolchilar etishmayapti. Yigitlar bilan jiddiy suhbatlashdik, ular bugun borini berib kurashishdi. Hammasi istaganimizdek bo'lmadi, lekin kuchli xarakter ko'rsata oldik.

- Bugun qaydnomada Sanjar Tursunov ko'rinmadi. Buning sababi nimada?
- Bu klubning ichki ishi. Bu holatni ko'rib chiqyapmiz. U jamoa sardori. U bugun biz bilan bo'lsa, xursand bo'lgan bo'lardik.

- Bu o'yingacha "Lokomotiv"Da ketma-ket 5 mag'lubiyat bor edi. Jamoaning g'alaba qozonishi uchun qanday jihatlar etishmagan deb o'ylaysiz?
- Keling, oldingi murabbiyni muhokama qilmaylik. Buni noto'g'ri deb hisoblayman. Ha, balki o'tgan o'yinlarda qilingan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilgandirmiz.



Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика