Oyarsabal ilk bor "Sosedad"da penaltidan foydalana olmadi
26 fev 2021 13:32
Yangiliklar


Oyarsabal ilk bor "Sosedad"da penaltidan foydalana olmadi
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal kecha Evropa Ligasi 1/16 final doirasidagi "Manchester Yunayted" (0:0)ga qarshi o'yinda 11 mertlik nuqtadan foydalana olmadi.
Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi ilk bor Bask klubi safida penaltidan foydalana olmadi. Uning bundan oldingi 16ta zarbasining barchasi darvoza to'riga borgandi.
Oyarsabal joriy mavsum La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi ilk bor Ispaniya terma jamoasiga 2016 yilda jalb qilingan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar